Oʻzbekistonning adirlardagi oʻsimliklari

Adirlar — oʻsimlik turlariga juda boy. Unda qoʻgʻirbosh, qoʻziquloq, karrak, shashir, kakra, qatron, astragal, shirach kabi koʻp yillik oʻtlar bilan bir qatorda bir yillik oʻtlar (efemerlar) ham bor. Baʼzan 1 m2 yerda 15-20 turga xos yuzlab va hatto minglab oʻsimlik tuplari joylashgan boʻlishi mumkin.

Adirlarda (ayniqsa, respublikaning janubida) saqlanib qolgan pistalar ularning bir vaqtlar bu yerlarda koʻplab oʻsganligidan, biroq turli maqsadlar uchun ayovsiz kesib olinishi tufayli kamayib ketganligidan darak beradi.

Adirlarning yuqori qismida bugʻdoyiq, tak-tak (togʻarpa), andiz, gulxayri kabi boʻyi baland koʻp yillik oʻtlar, toshloq va shagʻalli joylarida bodom, naʼmatak turkumining vakillari — butalar, astragal hamda piyoz turkumiga mansub turlar keng tarqalgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Oʻn ikkinchi jild. Toshkent, 2000-yil