Oʻzbekistonning tog'laridagi tuproqlar

Togʻlardagi tuproqlar. Oʻzbekistonning togʻ oldi va togʻlarida tuproqlarning genetik xilma-xilligi umumiy geografik qonuniyatga boʻysunadi. Joyning mutlaq balandligi ortib borgan sari yer yuzasining boʻlaklarning boʻlinishi, odatda, kuchayadi, havo temperaturasining rejimi yumshab, yogʻin miqdori ortadi, oʻslimlik qoplami ham chala choʻl efemerlaridan quruq dashtga xos oʻtlar, archazor-siyrak daraxtlari oʻrmon, oʻrmon, oʻtloqi-dasht va dasht oʻsimliklariga qadar navbatlanib boradi. Mavjud landshaft mintaqalarining har biri tuproq tarkibi va tuproq qoplamining oʻziga xos tuzilishi bilan bir-biridan farq qiladi.

Vertikal mintaqalardagi tuproqlar 3 tuproq-iqlim mintaqasiga boʻlinadi: boʻz tuproq, oʻrta togʻ jigarrang tuproq va baland togʻ och — qoʻngʻir oʻtloqi-dasht tuproqlari. Boʻz tuproqlarning quyi chegarasi dengiz sathidan 250–400 m balandlikda. Bu tuproqlar 900–1600 m balandlikda togʻ jigarrang tuproqlari bilan almashinadi.

Boʻz tuproqlar tahrir

Boʻz tuproqlar togʻlarda oʻziga xos tuproq tipini hosil qilgan. Efemer yoki quruq dasht oʻsimlikalarining barq urib oʻsishi natijasida tuproqda chim qatlami vujudga kelgan va organic moddalar toʻplangan. Boʻz tuproqlar morfologiyasi va kimyoviy tarkibiga koʻra 3 xil: och tusli, tipik (oddiy) va toʻq tusli boʻladi. Boʻz tuproqlarda gumus chimli qavatida 1-4 % miqdorida; oziq moddalar yetarli, fizik xossalari yaxshi. Gumusli qavati (50-60 sm) sur rangli. Sugʻorish natijasida 1,5–2 m gacha agroirrigatsion qatlam hosil boʻlgan.

Maʼlum geomorfologik sharoitlarda togʻ etagidagi yassi, kam drenajlangan tekisliklarda sugʻorish natijasida grunt suvlari koʻtarilib, oʻtloqi tuproq vujudga keladi, tuproqni shoʻr bosadi. Daryolarning quyi terrasalari, deltalari, togʻ etagidagi alyuvial — proyuvial tekisliklardagi gidromorf tuproqlar genetik jihatdan bir oz farq qiladi.

Oʻrta balandlikda togʻ jigarrang tuproqlari tahrir

Oʻrta balandlikda togʻ jigarrang tuproqlari vertical pogʻonada nisbatan bir jinsli mintaqa hosil qilgan tuproqlarning genetik jihatdan turlicha boʻlishi, asosan togʻ tizmalarining koʻngay va quyosh kam tushadigan shimoliy yonbagʻirlaridagi kontrast idrometrik sharoitlarga bogʻliq. Tuproq profili aniq differensiyalangan, gumusli qavati (45-60 sm) yaxshi rivojlangan, rangi toʻq sur-jigarrang. Jigarrang tuproqda chirindi miqdori koʻp (5-8 %), gumusli qatlami yumshoq, rangi qoʻngʻir.

Qoʻngʻir togʻ-oʻrmon tuproqlari tahrir

Qoʻngʻir togʻ-oʻrmon tuproqlari togʻ yonbagʻirlarining quyoshga teskari tomida tarqalgan va seryogʻin yillarida surilmalar boʻlib turadi.

Och qoʻngʻir oʻtloqi — dasht baland togʻ tuproqlari tahrir

Och qoʻngʻir oʻtloqi — dasht baland togʻ tuproqlari Oʻzbekiston hududida vertikal mintaqalarning eng yuqoridagisi boʻlib, baland tizmalarning suvayirgʻich qismida tarqalgan. Asosan delyuvial yotqizilar va tub jinslarning nurashi (elyuvi)dan hodil boʻlgan.

Och qoʻngʻir baland togʻ tuproqlari tahrir

Och qoʻngʻir baland togʻ tuproqlarining profilil unchalik qalin emas, bir oz surqoʻngʻir rangdagi gumusli qavati yaxshi rivojlangan. Oʻsimlik qoplami tutash boʻlmaganligi uchun chimli joylari kam. Haydaladigan qatlami qoʻngʻir rangli, serkesak, qalinligi 50-70 sm, mayda tosh aralashgan. Och-qoʻngʻir tuproq tarkibida 5-7 % organik modda bor.

Baland togʻ mintaqasida, qor qoplamalari va buloqlar yonida oʻtloqi va togʻli — botqoqi tuproqlar shakllangan.

Qizgʻish tusli tuproqlar tahrir

Qizgʻish tusli tuproqlar Oʻzbekistonning togʻ va togʻ oldi mintaqalarida keng tarqalgan uchlamchi davr qizil rangli neogen tuproq hosil qiluvchi jinslarda rivojlangan boʻlib, ularning aksariyati ogʻir mexanik tarkibga ega, juda zichlashgan va ancha ekstremal rejimini keltirib chiqaradi, bu esa tuproq hosil boʻlishida va unumdorligida aks etgan. Bu tuproq — iqlim sharoitida shakllangan tuproqlar profilining qizgʻish — qoʻngʻir tusliligi, yirik chang va loyqa fraksiyalari koʻp boʻlgan holda mexanik tarkibining ogʻirligi, gumus (1-1,2 %) va oziq moddalar (NPK) miqdorining ozligi, karbonatliligi, profilining zichlanganligi, gʻovakligi, Mg va suv sindiruvchanligining pastligi va oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan namlikning kam miqdorda boʻlishi xususiyatlari bilan liyoss yotqiziqlarda shakllangan tuproqlardan keskin farq qiladi.

Bu tuproqlar koʻpincha keng toʻlqinsimon va oʻr-qirli relyefli togʻ va togʻ oldi mintaqalarga mansub, yer yuzasining nishabliklari, oʻsimlik qoplamining siirakligi, gumusning ozligi, bahorgi kuchli yogʻinlar, shuningdek, chorva mollarini tartibsiz yaylovlatib boqish, lalmi va sugʻoriladigan yon bagʻirlik yerlardan notoʻgʻri foydalanish eroziya jarayonlari rivojlanishga yordam beradi. Oʻz navbatida eroziya tuproqning kimyoviy, agrokimyoviy, agrofizik, biologik va morfologik koʻrsatgichlariga kuchli taʼsir koʻrsatadi, unumdorligini keskin pasaytiradi. Subtropik zonaning asosiy tuproqlari boʻlgan qizil tuproqlar (profilida temir va marganetning yirik qora konkretsiya yaralmalari qizil rang beradi) qizgʻish tusli tuproqlardan yuqori qatlamlarida gumus (6-9 % gacha) va azot (0,2-0,4) miqdorining koʻpligi hamda tuproq fizik xossalarining ancha yaxshiligi, ayniqsa, suvga chidamli strukturaning koʻpligi, eroziyaga qarshi tura olishi va suv oʻtkazuvchanligi bilan farq qiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Oʻn ikkinchi jild. Toshkent, 2000-yil