O‘n bir Ahmad ziyoratgohi
O‘n bir Ahmad ziyoratgohi — Namangan shahar, Davlatobod tumani, Gʻirvon qishlogʻida joylashgan ziyoratgoh. Yangi maqbara binosi 1991-yilda qayta qurilgan[1][2].
O‘n bir Ahmad ziyoratgohi | |
---|---|
Davlatobod tumani, G'irvon qishlog'i | |
Koordinatalari | 40.99657520017677, 71.62589238296736 |
Joylashuv | Yusufxon o'g'li Qosimxon masjidi yonida |
Qurila boshlagan | 1991-yil (qayta qurilgan) |
Qurilish tamomlangan | 1992 — 1993-yillarda (qayta tamirlangan) |
Xarita |
Tarixi
tahrirMazkur ziyoratgoh islom olamining turli go‘shalarida va turli yillarda yashab o‘tgan o‘n bir Ahmadlar nomi bilan ataluvchi tasavvuf ilmi namoyandalari bo‘lgan shayxlar hurmati uchun tiklangan ziyoratgoh hisoblanadi. Fiqh va tariqat vakili O‘n bir Ahmad hazratlarining qabrlari payg‘ambar Muhammadga borib taqaladi. Ushbu ziyoratgoh qishloqning Shimoliy tomonida, Shimoliy Fargʻona kanalining kunchiqar yoqasidagi katta bogʻning yuqori qismida joylashgan. „Oʻn bir Ahmad“ deyilganda, oʻn bitta avliyo Ahmadlarning biri tushunilgan[3]. Lekin ularning qaysi biri, qachon bu yerga dafn etilganligi maʼlum emas. Bu esa insoniyat ruxiy olamining buyuk ustunlaridan biri Xoja Ahmad Yassaviy zotlaridir. Ulugʻ shoir va mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy bu zot xaqida shunday degan edi „Xoja Ahmad Yassaviy Turkiston Mulkining shayxul-mashoyixidur. Maqomati oliy va mashhur, karomati matovoliy va nomaxsur ermish. Murid va asxob xoyatsiz va shoxu gado aning irodat ixlos ostonida nixoyatsiz emish“. Ana shulardan biri Gʻirvon qishlogʻida boʻlib, asrlar dovomida ezgu niyat egalarining aziz ziyoratgoxiga aylangan. Ul zotning qabri sobiq ittifoq mafkurasi zaminida „adashganlar“ tomonidan buzib yuborilgan edi[4].
Qayta tiklanishi
tahrirZiyoratgohda 1991-yilda O‘n bir Ahmadga bag‘ishlab yangi maqbara binosi qurildi. Ushbu ziyoratgoh 1992 — 1993-yillarda hashar yo‘li bilan qayta tamirlangan[5]. Hozirgi kunda O‘n bir Ahmad ziyoratgohi diqqatga sazovar joylar toifasidagi mahalliy ahamiyatdagi obyekt hisoblanadi[6][7][8].
Manbalar
tahrir- ↑ „O‘n bir Ahmad ziyoratgohi“. 2023-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-iyun.
- ↑ „Namangan viloyati Islomiy qadamjolar“ (uzbekistan.travel). Qaraldi: 2023-yil 11-iyun.
- ↑ „Namanganda Ramazon hayiti arafasida mukammal ta’mirlangan „O‘n bir Ahmad“ ziyoratgohi foydalanishga topshirildi“ (daryo.uz). 2023-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-oktyabr.
- ↑ „O‘n bir Axmad ziyoratgohi – suratlarda“ (xabardor.uz). 2023-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-oktyabr.
- ↑ Qoriyev M.R., Abduxakimov Sh.X. 2023, s. 133.
- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 2023-yil 11-iyun.
- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-sonli qarori“. Backend.madaniymeros.uz. 2023-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-iyun.
- ↑ „“O‘n bir Ahmad“ ziyoratgoh majmuasi – ziyorat turizmi markazi bo‘ladi“ (uza.uz). 2023-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-oktyabr.
Adabiyotlar
tahrir- Qoriyev M.R., Abduxakimov Sh.X. ФУНДАМЕНТАЛ ТАДҚИҚОТЛАР ИЛМИЙ-АМАЛИЙ ЖУРНАЛ 1-СОН. Toshkent: „Imfaktor“, 2023. ISBN 2181-4031.
- Ummatov R. Gʻaznai Namangon/ Ensiklopediya (3 jildli) 1-kitob/ Oltin odamlar. Toshkent: „Sharq“, 2022 — 448-bet. ISBN 978-9943-8832-1-4.