O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi — taʼsis etish toʻgʻrisidagi qonun 1996-yil 27-dekabrdagi 365-I-son qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi[1].

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi faxriy unvonining koʻkrak nishoni
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Turi Koʻkrak nishon
Taqdirlash asosi faxriy unvoni havo transportini rivojlantirishda ulkan xizmatlari uchun beriladi.
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 1996-yil 27-dekabr
Navbat
Toʻngʻich mukofot Mustaqillik ordeni
Kenja mukofot Amir Temur ordeni

Tavsifi

tahrir

Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.

Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida markazida ufqdan bosh koʻtarayotgan quyosh fonida samoda bulutlar uzra parvoz qilayotgan havo kemasi, pastki oʻng chekkasida — dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab „Xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi“ degan yozuv joy olgan.

Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.

Tasvirlar va yozuv qabariq.

Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi

Faxriy unvon bilan taqdirlash tartibi

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi faxriy unvoni havo transportini rivojlantirishda, zamonaviy aviatsiya texnikasini oʻzlashtirishda, aholiga va respublika xalq xoʻjaligiga namunali xizmat koʻrsatishni tashkil etishda alohida xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimlari va mutaxassislariga beriladi.

Faxriy unvon bilan taqdirlangalar

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma toʻrt yilligi munosabati bilan Xarlap Gennadiy Viktorovich — „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ Milliy aviakompaniyasi bosh direktorining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi faxriy unvoni bilan taqdirlangan[2].

Oʻzbekiston mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligi munosabati bilan Stankevich Andrey Viktorovich — „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ aksiyadorlik jamiyatining uchuvchilar xizmati departamenti „Boing-767“ havo kemasi komandiri Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi faxriy unvoni bilan taqdirlangan[3].

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligi munosabati bilan Umarov Bexzod Nazrullayevich — „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ aksiyadorlik jamiyatining Parvozlar xizmati departamenti „Boing-787“ havo kemasi komandiri Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi faxriy unvoni bilan taqdirlangan[4].

Manbalar

tahrir
  1. „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi taʼsis etish toʻgʻrisidagi qonun“. 2022-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  2. „Xarlap Gennadiy Viktorovich“.
  3. „Stankevich Andrey Viktorovich“.
  4. „Faxriy unvon bilan taqdirlangalar“.