O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan geolog faxriy unvoni — taʼsis etish toʻgʻrisidagi qonun 2020-yil 30-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi[1]. Qonun 2020-yil 1-dekabridan kuchga kirdi[2].

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan geolog faxriy unvonining koʻkrak nishoni
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Turi Koʻkrak nishon
Taqdirlash asosi yer osti boyliklari geologiyasi va qidiruvi sohasini rivojlantirishdagi ulkan xizmatlari uchun
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2020-yil 1-dekabr
Navbat
Toʻngʻich mukofot Mustaqillik ordeni
Kenja mukofot Amir Temur ordeni

Tavsifi tahrir

Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.

Nishonning yuz tomoni markazida, koʻtarilayotgan quyosh nurlari fonida, yurtimizning noyob tabiati va boy resurslarini aks ettiruvchi vodiy, daryo va togʻ choʻqqilari hamda uning yuqori qismida ikkita kesishgan geologik bolgʻa va kompas aks ettirilgan.

Nishonning aylanasi boʻylab pastki oʻng qismida dafna novdasi va yuqori qismida „Xizmat koʻrsatgan geolog“ yozuvi joylashgan.

Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.

Tasvirlar va yozuv qabariq.

Nishonning yuz va orqa tomonlari chekkalari qabariq hoshiya bilan oʻralgan.

Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.

Qadagʻichning boʻyi 16 millimetr, eni 25 millimetr.

Qadagʻichning orqa tomoniga nishonni kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.

Faxriy unvon bilan taqdirlash tartibi tahrir

„Oʻzbekiston Respublikasidа xizmаt koʻrsаtgan geolog“ fаxriy unvoni yer osti boyliklаri geologiyаsi va qidiruvi sohаsini rivojlаntirish, geologiya-qidiruvgа oid ishlаb chiqаrishni kengаytirish, mineral-xomаshyo bazаsini yarаtish va mustahkаmlash, foydаli qazilmа konlаrini ochish va sanoаt yoʻsinidа oʻzlashtirishgа topshirish, geologiyа-qidiruv ishlаrini amаlga oshirishdа va foydаli qazilmаlarni qazib olishdа ekologik jihatdаn tozа ilgʻor va innovаtsion texnologiyаlarni ishlаb chiqish hаmda joriy etish, sohа uchun chuqur bilimga egа kadrlar tаyyorlash borаsidagi kаtta xizmatlаri uchun geologiyа, geofizikа, gidrogeologiya, topogrаfiya-geodeziya tarmogʻining yuqori malаkali geologlаri va muhаndis-texnik xodimlаriga hamda ilmiy-tаdqiqot va tаʼlim muassasаlarining tajribаli mutaxаssislariga berilаdi[3].

„Xizmat koʻrsatgan“ faxriy unvoni berilgаn kasb ustаlariga har oyda ish haqiga yoki pensiyаga 1,6 BHM („xizmat koʻrsatgan artist“lаrga — 1,8 BHM) miqdoridа ustama toʻlanаdi

Manbalar tahrir

  1. „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan geolog unvoni ta’sis etiladi“.
  2. „Qonun 1.12.2020-yildan kuchga kirdi“.
  3. „Faxriy unvon bilan taqdirlash tartibi“.