O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi — faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisidagi qonun 1996-yil 27-dekabrdagi 365-I-son qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi.

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi faxriy unvonining koʻkrak nishoni
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Turi Koʻkrak nishon
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 1996-yil 27-dekabr
Navbat
Toʻngʻich mukofot Mustaqillik ordeni
Kenja mukofot Amir Temur ordeni

Tavsifi tahrir

Koʻrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.

Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida qurilish maydoni, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻyicha „Xizmat koʻrsatgan quruvchi“ degan yozuv joy olgan.

Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.

Tasvirlar va yozuv qabariq.

Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.

Faxriy unvon bilan taqdirlash tartibi tahrir

„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi“ faxriy unvoni qurilish, montaj va loyiha tashkilotlarining, ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalarning respublikada qurilishni va qurilish industriyasini rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga beriladi.

Faxriy unvon bilan taqdirlangalar tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 28-fevral, PF-773-son farmoniga koʻra quyidagi shaxslar „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi“ faxriy unvoni taqdirlandi[1].

Efremov Viktor Makarovich "Buxorogazsanoatqurilish" tresti 2-qurilish boshqarmasi izolatsiya qilish mashinasining mashinisti
Kerimov Edige Urdobayevich "Janubgazqurilish" trestining boshqaruvchisi, Xorazm viloyati
Solihov Qudratilla Abdullayevich Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining boʻlim mudiri
Xan Nikonor Timofeyevich "Qoraqalpoqirmontajqurilish" tresti „Darsan“ xoʻjalik hisobidagi boʻlimining elektrogaz payvandchisi

Prezidentning tegishli farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz yilligi munosabati bilan Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi“ faxriy unvoni bilan taqdirlandi[2].

Manbalar tahrir

  1. „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 28-fevral, PF-773-son farmoniga ko`ra“.
  2. „Prezident Jahongir Ortiqxoʻjayevni mukofotladi.“.