O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati

O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati (O‘FMJ) - 1999 yilda tashkil topgan, bugungi kunda 300 dan ortiq a’zosi bor milliy jamiyat hisoblanadi. O‘FMJ qoshida “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti mavjud.

Ijtimoiy tarmoqda “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” telegramm kanali faoliyat yuritadi.

O‘FMJning asosiy vazifasi

tahrir

Jahon va O‘zbekiston falsafasining taraqqiyot bosqichlari, zamonaviy yo‘nalishlari va dolzarb ijtimoiy muammolarini tadqiq qilish, xalqimizning milliy g‘oyasi va o‘zligini anglashi, milliy tafakkurining o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlarni olib borish, bu jabhadagi natijalarni keng ommalashtirishda faylasuflarning ishtirokini ta’minlashdan iborat. Shu bilan birga, O‘FMJning ijtimoiy fanlar, jahon va O‘zbekiston falsafasi bo‘yicha o‘quv va yordamchi adabiyotlar tayyorlash va chop etish, ushbu yo‘nalishda davlat organlari va jamoat tashkilotlari uchun zarur ishlanmalar, taklif va tavsiyalar tayyorlash, targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish bilan bog‘liq dolzarb vazifalari ham bor.

Tadqiqot yo‘nalishlari

tahrir

O‘FMJ a’zolari «Falsafa tarixi», «Ontologiya» va «Gnoseologiya», “Ijtimoiy falsafa”, “Mantiq”, “Etika”, “Estetika”, “Sotsiologiya”, “Politologiya”, «Kulturologiya” kabi an’anaviy yo‘nalishlar bilan birga, “Ma’naviyat falsafasi”, «Inson falsafasi», «Qadriyatlar falsafasi», “G‘oyalar falsafasi”, «Siyosat falsafasi», «Huquq falsafasi», «Din va hurfiklilik falsafasi» singari sohalarda ham ko‘plab tadqiqotlar olib boradilar. Keyingi yillarda ular qatoriga “Iqtisod falsafasi”, “Islohotlar falsafasi”, “Axborot falsafasi” kabi zamonaviy yo‘nalishlarga doir tadqiqotlar ham qo‘shilmoqda.

Keyingi yillarda O‘FMJ qoshidagi “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyotida falsafa yo‘nalishida xizmat qilayotgan ko‘plab mutaxassislarning kitob va risolalari, darslik va qo‘llanmalari nashr qilindi. Bu borada ayniqsa «Jahon falsafasi tarixidan lavhalar”. - T.: Faylasuflar milliy jamiyati, 2004; «G‘arb falsafasi». - T.: Faylasuflar milliy jamiyati, 2005; «Bilish falsafasi». -T.: Faylasuflar milliy jamiyati”, 2005; «Borliq falsafasi». -T.: Faylasuflar milliy jamiyati”, 2007; «Falsafa asoslari» (izohli ko‘rgazali vositalar to‘plami)–T.: Faylasuflar milliy jamiyati”, 2009; «Falsafa asoslari» (darslik)–T.: Faylasuflar milliy jamiyati, 2011; «Qadriyatlar falsafasi» (2002, 2011), «G‘oyalar falsafasi» (2012), bilan birga «Milliy istiqlol g‘oyasi lug‘ati” (2021), “Falsafa: qomusiy lug‘at” (2004), «Jahon falsafasi qomusi” (2020), «Ma’naviyat atamalar izohli lug‘ati” (2021), «O‘zbek falsafasi» (2021) ”Milliy g‘oya va O‘zbekistonning taraqqiyot strategisi” (darslik, 2018, 2019, 2021) kabi salmoqli kitoblar tayyorlandi va chop etildi.

Keyingi yilda “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi bo‘yicha o‘quv-tarbiya moduli, o‘quv va yordamchi adabiyotlar, multimediya mahsulotlarini yaratish loyihasi”, “Yangilanayotgan O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish omillari”, “O‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruvi islohotlari”, “Yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda milliy g‘oyaning ta’siri” kabi kitoblar va monografiyalar yaratildi.

Jamiyat a’zolari hozirgi davri uchun muhim bo‘lgan ma’naviy-ma’rifiy, g‘oyaviy tarbiya va mafkuraviy faoliyat masalalariga doir tadqiqotlar va izlanishlarni davom ettirmoqdalar. Bu yo‘nalishda yaqinda jamiyat tayyorlagan “Ma’naviyat izohli lug‘ati”ning 14 ming nusxada keng jamatchilikka tarqatildi, “Milliy g‘oya va O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” o‘quv majmuasi, “Yangi O‘zbekiston g‘oyasi” turkumidagi risolalar tayyorlandi va chop etilmoqda.

O‘FMJ bugungi kunda bir qancha falsafiy kitob va risolalarni nashr etishga tayyorlamoqda, jahon faylasuflarining bir necha mumtoz asarlarini tarjima qilmoqda, respublikada falsafa fani sohasidagi izlanishlarni muvofiqlashtirish, jadallashtirish borasida ham muayyan tashkiliy ishlarni amalga oshirmoqda.

Manzili: Toshkent sh., Matbuotchilar ko‘chasi 32 uy. Tel -71-239-88-61

Adabiyotlar

tahrir

1. Jahon falsafasi qomusi. 2-jild. - T.: Ma’naviyat nashriyoti, 2021 yil.