O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati
Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati (ingl. The World Society for the study, preservation and popularization of the cultural legacy of Uzbekistan) — Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va targʻib qilish bilan shugʻullanuvchi xalqaro notijorat madaniy va jamoat tashkiloti hisoblanadi.
Turi | madaniy meros |
---|---|
Maqomi | amalda |
Ishga tushgan sanasi | 2018-yil |
Joylashuvi | Toshkent |
Boshqaruv raisi | Firdavs Abduxoliqov |
Vebsayti | legacy.uz |
U 2018-yilda Sankt-Peterburgda yaratilgan[1]. Dunyo boʻylab 400 dan ziyod olimlarni jipslashtiradi.
Jamiyatning maqsad va vazifalari
tahrir- Mutaxassislar, nashrlar, ilmiy-texnik innovasiyalar, texnologiyalar, foydali hujjatlarning xalqaro ilmiy almashinuviga koʻmaklashish.
- Muzey, arxiv va kutubxona jamgʻarmasini saqlash va hisobga olish tizimini takomillashtirishga koʻmaklashish.
- Yangi notijorat ta’lim resurslarini yaratishga koʻmaklashish.
- Xalqaro tadbirlarni oʻtkazish va tashkil etishda yordam berish.
- Muzeylar, arxivlar va kutubxonalar jamgʻarmalarining ochiqligi va ulardan foydalanish imkoniyatini ularni ommaviy namoyish qilish, bosma nashrlarda, elektron va boshqa ommaviy axborot vositalarida koʻpaytirish orqali ragʻbatlantirish.
- YUNESKO mezonlariga muvofiq ma’lumotlarni qidirish va qayta ishlash, nashriyot faoliyati hamda konservasiya va restavrasiya ishlari uchun xalqaro grantlar olishda olimlar va tashkilotlar koʻmaklashish.
- Nashriyot va ommaviy axborot vositalari faoliyatini amalga oshirish.
- Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, asrab-avaylash va ommalashtirish masalalarida davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
Jamiyat a'zolari
tahrirMazkur jamiyatga dunyoning turli burchaklaridan kelgan 400 dan ziyod sharqshunos olimlar, jamiyat va madaniyat arboblari a’zolarini tashkil etadi[2].
Jamiyat tuzilmasi
tahrir- Hukumat organi
- Ilmiy kengash
- Rahbariyat
- Kongress
Jamiyat loyihalari
tahrir- “Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” 50 ta kitob-albomlarni nashr etish[3]
- Oʻzbekiston me’moriy epigrafiyasi[4]
- 100 ta bebaho qadimiy qoʻlyozmalarning faksimile nusxalarining nashr etish[5]
- “Oʻzbekiston madaniy merosi” yoʻnalishi doirasida tarixiy eksponatlar va qoʻlyozmalarni saqlashda ilgʻor ilmiy texnologiyalardan foydalanish[6]
- Xorijiy hamkorlar va BBC, 1-Rossiya telekanallari bilan hamkorlikda madaniyat va tarixiy merosga oid hujjatli filmlarni suratga olish ishlarini tashkil etish[7]
- Xalqaro yillik kongress va media-tadbirlar[8]
Manbalar
tahrir- ↑ В Петербурге создано Всемирное общество по сохранению наследия Узбекистана
- ↑ Ученые Всемирного общества по изучению, сохранению и популяризации культурного наследия Узбекистана приняли обращение к Президенту Узбекистана
- ↑ Шедевры культурного наследия Узбекистана описаны в 50 альбомах
- ↑ Фото: Секреты надписей на архитектурных памятниках Узбекистана
- ↑ Редчайшая рукопись «Хамсы» Алишера Навои будет издана в виде факсимильной копии и возвращена в Узбекистан
- ↑ Культурное наследие Узбекистана - фундамент Нового Ренессанса
- ↑ В Узбекистане снимают серию документальных фильмов о нематериальном культурном наследии
- ↑ Пятый конгресс Всемирного Общества