Firdavs Fridunovich Abduxoliqov (1963-yil 10-avgust, Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – o‘zbek olimi va jamoat arbobi, mediamenedjer, kino va televideniye prodyuseri.

Firdavs Fridunovich Abduxoliqov
 Kinematografiya agentligi bosh direktori
 
Mansab davri
2019-yil 12-sentabrdan
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati
 
Mansab davri
1999-yil – 2004-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-avgust 1963-yil (1963-08-10) (61 yosh)
Samarqand, OʻzSSR, SSSR
Maʼlumoti Samarqand davlat universiteti
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

WOSCU boshqaruvi raisi. O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bosh direktori. O‘zbekistonning ilk nodavlat teleradiokompaniyasi va gazetasi asoschisi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, O‘zbekiston madaniy-tarixiy merosi haqidagi kitoblar turkumi muallifi.

Tarjimai holi

tahrir

Oilasi

tahrir

1963 yil 10 avgustda Samarqand shahrida shifokor Fridun Abduxoliqov va jamoat arbobi Mohira Latipova oilasida dunyoga kelgan. Otasi tarafdan yozuvchi Mirzo Qo‘qonboy Abduxoliqovning evarasi, ona tarafdan sanoatchi va san’at homiysi Mirzo Buxoriyning evarasi hisoblanadi.

Ma’lumoti

tahrir

1980 yili Samarqanddagi 16-maktabni bitirgan. 1980–1985 yillarda Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetida, 2001–2007 yillarda shu universitetning iqtisodiyot fakultetida o‘qigan. 2023 yilning 24 oktyabrida «O‘rta asr Sharq miniatyurasida tarixiy shaxslar badiiy talqini» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Mehnat faoliyati

tahrir

• 1985–1987 – Samarqand shahridagi 33-kasb-hunar bilim yurtida o‘qituvchi.

• 1987–1988 – Samarqanddagi 16-poligrafiya bilim yurtida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari.

• 1988–1989 – Samarqand viloyati Yoshlar markazi direktori.

• 1989–1998 – mamlakatdagi birinchi nodavlat teleradiokompaniya – STV bosh direktori va asoschisi.

• 1998–1999 – O‘zteleradiokompaniya raisi o‘rinbosari.

• 1999–2004 – Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.

• 1999–2001 – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi.

• 1999–2002 – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmatining bosh maslahatchisi.

• 2016 – "Press Club: Elections-2016" press-klubi asoschisi va top menedjeri.

• 2003–2022 – O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi asoschisi va boshqaruv raisi.

• 2018 yildan – O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) boshqaruvi raisi.

• 2019 yildan – O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bosh direktori.

• 2020 yildan – O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi raisi.

• 2021 yildan – Toshkent xalqaro kinofestivali bosh direktori.

• 2021 yildan – BDKI (VGIK) Toshkent filiali vasiylik kengashi raisi.

• 2022 yildan – MDH davlatlari va Gruziya kinostudiyalari Xalqaro ijodiy birlashmasi raisi.

• 2023 yildan – Turkiy dunyo kinochilari uyushmasi raisi.

Ilmiy noshirlik faoliyati

tahrir

Abduxoliqov 2016 yilda «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» xalqaro multimedia loyihasiga asos soldi, 2018 yilda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi lavozimiga saylandi.

Kitoblari

tahrir

O‘zbekistonning tarixiy merosi haqidagi kitoblar muallifi, jumladan:

• «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» kitob-albomlar turkumi

• «O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar»

• «Ko‘p asrlik an’analarni saqlab kelayotganlar»

• «Rishton kulolchiligi»

• «O‘zbekiston san’ati durdonalari. Tasviriy san’at»

• «O‘zbekiston san’ati durdonalari. Badiiy metall»

• «O‘zbekiston san’ati durdonalari. Kulolchilik»

• «O‘zbekiston san’ati durdonalari. Badiiy to‘qimachilik»

• «Moniyni “xijolatda qoldirgan” Kamoliddin Behzod»

• «Orol va Amu sohillarida: qoraqalpoq san’ati»

• «Sharq miniatyurasida tarixiy shaxslar»

Ilmiy maqolalari

tahrir

• «Devoni Husayniy» qo‘lyozmasiga tavsif

• «Me’rojnoma» qo‘lyozmasiga tavsif

• Kamoliddin Behzod miniatyuralarida temuriylar portretlari

• O‘rta asr qo‘lyozmalarida Ulug‘bek tasviri

• Ulug‘bekning noyob portreti

• Boyqarodan qolgan boylik

• Safaviylar davri miniatyurasidagi portretlar

• Sharq miniatyurasi: Islom falsafasi va inson tasavvuri

• Bobur tasviri: hokimiyat va ulug‘vorlik timsoli

• Bobur Sharq miniatyurasida

• O‘zbekiston madaniy merosi dunyo olimlarini birlashtiradi

• Alisher Navoiy Sharq miniatyurasida

• Umarshayx Mirzo tasviri Sharq miniatyurasida

• «Devoni Husayniy» – Sharq madaniy san’ati durdonasi

• Me’rojnoma va «Tazkirat ul-avliyo» tarjimasi

• Sharq miniatyurasi va Islom falsafasi

• Kamoliddin Behzodning Nizomiy Ganjaviy «Xamsa»sidagi miniatyuralari

Prodyuserlik faoliyati

tahrir

30 dan ortiq filmlarning bosh produseri va hammuallifi. Ular orasida:

„Oʻzbekiston – qumlar gavhari“;

„Qoraqalpogʻiston. Vaqt qumlari nigohida“;

„Nukus. Nomaʼlum kolleksiya“;

„Oʻzbekiston. Sevgi haqida afsona“;

„Oʻzbekiston. Uchinchi Uygʻonish davriga nazar“;

„Oʻzbekiston. Uygʻonish“;

„Men terrorchi emasman“;

„Ilhaq“;

„Xalq jasorati“;

„Quyosh tafti“;

„Tutqunlik“;

„Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida“ turkum filmlari;

„Xalq koʻngli“ turkum filmlari oʻrin olgan.

Shuningdek, BBC, EURONEWS, CNBC va boshqalar bilan hamkorlikda „Katta Langar Qoʻrgʻoni: sirlar va haqiqatlar“ – „Yangi Oʻzbekiston“ va boshqa loyihalar tayyorlandi.

Unvon va mukofotlar

tahrir

Davlat unvonlari va mukofotlari

tahrir

• «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni (2011) – ko‘p yillik samarali mehnati va ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishdagi ulkan xizmatlari uchun.

• «Mehnat shuhrati» ordeni (2018) – iqtisodiyot va madaniyat yuksalishiga, xalq farovonligi oshishiga, tinchlik va barqarorlik saqlanishiga xizmat qilgan muxim ishlari uchun.

Xalqaro mukofotlar

tahrir

• Fransiyaning Xalqaro Avitsenna mukofoti (Avicennae Prix mukofoti) (2019) – ma’rifat va ta’lim sohasidagi yutuqlari uchun.

• Belarus Respublikasi Madaniyat vazirligining Faxriy yorlig‘i (2021) – samarali hamkorlik va mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash uchun.

• «Tojikiston Respublikasi kinematografiyasi a’lochisi» ko‘krak nishoni (2021) – Markaziy Osiyo kinematografiyasi rivojiga qo‘shgan katta hissasi uchun.

• «Qo‘rqut ota» kinofestivalining xalqaro mukofoti (2021) – Turkiy dunyo madaniyatiga qo‘shgan hissasi uchun.

• Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining Faxriy yorlig‘i (2022) – MDH mamlakatlarida kino san’atini rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun.

• «Yevroosiyo» xalqaro kinofestivalining faxriy diplomi (2022) – Yevroosiyoda festival harakatini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun.

• Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi Xristian Danilovich Fren nomidagi medal (Rossiya, Rossiya Fanlar akademiyasi) (2023) – akademik sharqshunoslik fanini rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi uchun.

• «VGIKga 100 yil» esdalik yubiley medali (2023) – universitet faoliyatidagi faol ishtiroki uchun.

• «VGIK faxriy professori» unvoni (2023) — kino ta’limini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi va VGIK Toshkent filiali yosh mutaxassislarni tayyorlashdagi faol ishtiroki uchun.

• «Qo‘rqut ota» kinofestivalining xalqaro mukofoti (2022) – Turkiy dunyo kinosi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun.

• TURKSOY oltin medali (2023) – Turkiy dunyo madaniyati va san’atiga qo‘shgan hissasi uchun.

Hukumat mukofotlari

tahrir

• «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoni (2000 yil)

• «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligi» esdalik nishoni (2001)

• «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil» esdalik nishoni (2011)

• «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yil» esdalik nishoni (2016)

• «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 25 yil» esdalik nishoni (2017)

• «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 30 yil» esdalik nishoni (2021)

• «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 30 yil» esdalik nishoni (2022)

Muassasalar mukofotlari

tahrir

• O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining «E’tirof» mukofoti (2018)

• O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining «Turizm fidokori» ko‘krak nishoni (2021)

• O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga 30 yil» esdalik nishoni (2021)

• O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining «Hamkorlik uchun» ko‘krak nishoni (2022)

• O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 80 yilligi» ko‘krak nishoni (2024)

Jamoatchilik tashkilotlari mukofotlari

tahrir

«Oltin qalam» milliy mukofoti Gran-prisi (2011 yil)

Manbalar

tahrir