O‘zbekistonda xokkey
Oʻzbekistonda xokkey rivojlanayotgan sport turlaridan biridir.
Sovet davri
tahrirOʻzbekiston issiq iqlim tufayli ochiq maydonlarda xokkeyni rivojlantirish imkoniyatiga ega boʻlmagani uchun bu oʻyin birinchi marta bu yerda faqat 1970-yillarning boshlarida yetishtirila boshlandi. 1970-yilda Toshkentda „Yubileyniy“ muz sport saroyi qurildi, 1971-yilda esa uning negizida „Spartak“ jamoasi tashkil etildi[1].
1972-yilda Oʻzbekiston SSR xokkey rivojlangan dunyoning eng janubiy joyiga aylandi va Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan[1].
1973-yilda jamoa „Glavtashkentstroy“ balansiga oʻtkazib, „Binokor“ (Quruvchi) nomini oldi. Oʻzbekistonda xokkeychilar boʻlmagani uchun „Binokor“ jamoasiga boshqa sovet respubliklaridan boʻlgan futbolchilar bilan toʻldirilgan. 1973-yili toshkentliklar SSSR chempionati ikkinchi ligasining sharqiy zonasida debyut qilishgan. 70-yillarning oxiriga kelib jamoada mahalliy xokkeychilar ham oʻyny boshlagan[1].
1976-yili „Binokor“ zona turnirida gʻolib boʻlgan va birinchi ligaga yoʻl olgan. Binokor birinchi ligada ketma-ket sakkiz mavsum oʻtkazgan. Eng yaxshi natijani 1977/1978-yilgi mavsumda koʻrsatib, oʻshanda toʻrtinchi oʻrinni egallagan edi.
1978-yilda „Binokor“ yagona marta xalqaro miqyosdagi turnirda ishtirok etgan: Chexoslovakiya Tabori shahrida „Oltin aylana“ turnirida ishtirok etgan va u yerda uchinchi oʻrinni egallagan[2].
1984-yilda Binokor birinchi ligani tark etgan, lekin keyingi mavsum yana birinchi ligaga yoʻllanma olgan. 1987-yilda „Binokor“ yana birinchi ligani tark etgan va 1988-yilda tarqatib yuborilgan.
Oʻzbekiston SSR yoshlar terma jamoasi SSSR xalqlarining qishki Spartakiadalarida qatnashgan, ammo barcha oʻyinlarda magʻlubiyatga uchragan. 1982-yilgi musoboqa guruh bosqichida oʻzbek xokkeychilari uchta magʻlubiyatga uchragan[3].
Mustaqillik davri
tahrirOʻzbekistonda xokkey faqat 2010-yillardan boshlab qayta rivojlana boshlagan. Tashabbus mahalliy sobiq xokkeychilarg tegishli: xususan, „Binokor“ jamoasining Birlashgan Arab Amirliklarida toʻp surgan xokkeychisi Alisher Azimov, Abdumajit Nosirov va 2013-yilda klubni qayta tiklagan Xayriddin Alimxoʻjaevlardir[1]. Ularning koʻmagida Yoshlar sport maktabi tuzildi, havaskorlar ligasi faoliyati yoʻlga qoʻyildi[4].
2013-yilda xokkey boʻyicha Oʻzbekiston birinchi chempionati oʻtkazilgan. Unda Toshkentning toʻrtta jamoasi: „Akulalar“, „Barslar“, „Oq ayiqlar“ va „Binokor“ jamoalari ishtirok etgan. Turnirni ikki davrda oʻtkazish rejalashtirilgan edi, biroq faqat bitta davraviy tarzida oʻtkazilgan. Keyinchalik besh yil davomida chempionat oʻtkazilmadi. 2019-yilda Oʻzbekiston xokkey ligasi tashkil etilgan va unga Toshkentning toʻrtta jamoasi aʼzo boʻlgan: „Binokor“, "Semurg", „Toshkent“ va „Humo“[5]. 2 davradan iborat musobaqa yakunlariga koʻra, „Semurgʻ“ jamoasi mamlakat chempioni boʻlgan.
2019/2020-yilgi mavsumda „Humo“ Rossiya Oliy xokkey ligasida[6] debyut qilgan.
2013-yil dekabr oyida Oʻzbekiston Xokkey federatsiyasi ilk bor tashkil etilgan, biroq federatsiya faoliyati moliyaviy qiyinchiliklar sababli keyinchalik faoliyati toʻxtatilgan va 2018-yil 28-martda qayta tashkil etilgan. Federatsiyaga Baxtiyor Fozilov rahbarlik qiladi. 2019-yil 26-sentyabrda federatsiya IIHF ga qabul qilingan[7][8]. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi hozircha oʻyin oʻtkazmagan.
2020-yilga kelib Oʻzbekistonda toʻrtta sunʼiy muz maydonchasi mavjud boʻlib, barchasi Toshkentda joylashgan. Ular orasida „Humo Arena“ muz saroyi (uning asosiy arenasi 12500 tomoshabinga moʻljallangan, zaxiradagi arenasi 300 tomoshabinga moʻljallangan) va Oʻzbekiston xokkey ligasi oʻtkazilgan „Ice City“ koʻngilochar majmuasidagi „Frozen Lake“ konki maydonchasi shular jumlasidandir. Ayni paytda Oʻzbekiston Xokkey federatsiyasi hududlarda xokkeyni rivojlantirish vazifasini qoʻygan. Mamlakatda 369 nafar xokkeychi (113 nafar erkak, 4 nafar ayol, 252 nafar oʻgʻil bolalar) va 8 nafar hakam mavjud[8].
Taniqli vakillar
tahrirJahon xokkeyidagi eng mashhur oʻzbekistonda tugʻilgan oʻzbekistonlik xokkeychilardan, hozirda Amerikada yashaydigan hujumchi Artur Kaliyevdir. U Toshkentda tugʻilgan, lekin yoshligida ota-onasi bilan AQShga koʻchib oʻtgan[9]. U Ontario xokkey ligasida Los-Anjeles Kings tizimining bir qismi boʻlgan Hamilton Bulldogs jamoasida oʻynaydi. Artur AQSh terma jamoasida oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻynagan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Хоккейный клуб «Binokor» Uzbekistan“ (ruscha). Qaraldi: 14-iyun 2020-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Единственная зарубежная гастроль «Бинокора» - в ЧССР на турнир «Золотой колос-78»“. Sports.ru. Qaraldi: 14-iyun 2020-yil.
- ↑ „1982. 5-ая зимняя Спартакиада народов СССР - Форум хоккейных статистиков им. Виктора Малеванного“. ice-hockey-stat.com. Qaraldi: 14-iyun 2020-yil.
- ↑ „В Узбекистане зарождается национальная школа хоккея“ (ruscha). Podrobno.uz. Qaraldi: 14-iyun 2020-yil.
- ↑ „Завтра начнется битва: На ледовой арене «Ice Сity» стартует чемпионат Узбекистана по хоккею“ (ruscha). Национальный олимпийский комитет Узбекистана. Qaraldi: 14-iyun 2020-yil.
- ↑ „Высшая хоккейная лига - Совещание по итогам сезона“. www.vhlru.ru. Qaraldi: 14-iyun 2020-yil.
- ↑ „Федерация хоккея Узбекистана вошла в состав Международной федерации хоккея“ (ruscha). Спорт РИА Новости (26-sentyabr). Qaraldi: 14-iyun 2020-yil.
- ↑ 8,0 8,1 „IIHF Member National Association Uzbekistan“ (inglizcha). IIHF International Ice Hockey Federation. Qaraldi: 14-iyun 2020-yil.
- ↑ „IIHF - Kaliyev shoots for the top“ (inglizcha). IIHF International Ice Hockey Federation. Qaraldi: 14-iyun 2020-yil.