Vodorod peroksid

Vodorod peroksid va uning xossalari
(O2dan yoʻnaltirildi)

Vodorod peroksid, H2O2- vodorod bilan kislorod birikmasi, rangsiz suyuqlik, zichligi 1,46 g/ml3. Suyuqlanish temperaturasi —0,41°, qaynash temperaturasi 150,2°. Suv bilan yaxshi aralashadi. Sof holdagi V. p. turgʻun, lekin ogʻir metallar va ionlari taʼsirida suv bilan kislorodga parchalanadi. Organik moddalar va faol metallarning oksidlanishi hamda kislorodning katodda qaytarilishi natijasida hosil boʻladi. Lab.da metall peroksidlar (BaO,, Na2O,) ning suyultirilgan kislotalar bilan oʻzaro taʼsiri natijasida, sanoatda esa alkilantragidroxinonlar, birinchi navbatda 2-etil, 2-uchlamchi butil- va 2-pentilantragidroxinonlarni avto-oksidlash usuli bilan olinadi. Suvdagi 30 % li eritmasi pergidrol deyiladi. V. p. tarkibidagi kislorod atomlari ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi xossaga ega. V. p. ipak, jun va moʻyna kabi mahsulotlarni oqartish uchun, tibbiyotda va oziq-ovqat sanoatida dezinfeksiyalovchi modda sifatida ishlatiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil