OahaqaMeksikaning janubiy qismidagi shtat, Tinch okean sohilida. Maydoni 95,4 ming km². Aholisi 3,4 mln. kishi (2000), asosan, indeyslar. Maʼmuriy markazi — Oahaqa shahri Yirik shaharlari: Istepek, Matias-Romero, Salina-Krus, Treuantepek, Xuchitan. Shtatning katta qismini Janubiy SyerraMadre togʻ sistemasi (balandligi 2500–3400 m) egallagan, sharqiy qismi — pasttekislik. Iklimi tropik, markaziy rayonlarda moʻʼtadil nam, chekkalarida seryogʻin. Oʻrtacha oylik temperatura togʻlarda 24°dan pasttekisliklarda 24—28°. Togʻlar aralash oʻrmonlar, quruq soyliklar savannalar, jan. va sharqiy qismi doim yashil tropik oʻrmonlar bilan qoplangan.

Oahaqa— Meksikaning iqtisodi nisbatan kam rivojlangan shtatlaridan. Aholining katta qismi qishloq xoʻjaligida band. Ananas plantatsiyalari bor. Sugʻoriladigan yerlarda tropik koʻp yillik ekinlar yetishtiriladi. Oltin, kumush, titan konlari topilgan. Oziq-ovqat, sellyulozaqogʻoz sanoatlari, hunarmandchilik rivojlangan. Tinch okean sohilida SalinaKrus porti joylashgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil