Ob-havo xizmati — xalq xoʻjaligini yoki uning biror tarmogʻini, shuningdek, Vatan mudofaasini kundalik ob-havo va ob-havo prognozlariga tegishli maʼlumotlar bilan taʼminlash vazifasini oʻtaydigan tashkilot. Bu tashkilot ishi meteorologiya va aerologiya kuzatish stansiyalari maʼlumotlariga asoslanadi. O.-h. x. barcha davlatlarda mavjud. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maqkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshkarmasi bu ishlarga rahbarlik qiladi (qarang Boshgidromet). Bevosita ob-havo muammolari bilan gidrometeorologiya markazi shugʻullanadi. Bundan tashqari, har bir viloyatda gidrometeorologiya boshkarmasi mavjud boʻlib, ular zimmasiga, boshqa ishlar qatori O.-h. x. ham yukla-tilgan. Umuman, Jahon meteorologiya tashkiloti tashabbusi bilan 3 ta (Moskva, Melburn, Vashington) jahon, 34 ta regional va 185 ta milliy meteorologiya markazlari tashkil etilgan. Ana shu 34 ta regional markazlardan biri Toshkentda joylashgan. Jaxrn ob-havo xizmati tarmogʻi har kuni quruklikda joylashgan 10 000 ta meteorologik, 1000 ta aerologik, 7300 ta suzuvchi kemalar, dare va okeanlarning sayoz yerlarini koʻrsatuvchi 600 ta Kuchma nishonlar, shuningdek, 70000 ga yaqin qoʻshimcha maʼlumotlarni beradigan va 3000 ta havo kemalaridan axborot oladi. Xalqaro kelishuvga binoan, har bir davlatdagi O.-h. x. quyidagi ishlarni bajaradi: barcha meteorologiya kuzatish styalari (quruklikda, dengiz va togʻlarda) bir xil muddatga ob-havoni kuzatish; aerologiya stanyalarida radiozond, samolyot, aerostat va uchar sharlar yordamida har xil balandliklardagi meteorologik elementlar — havo temperaturasi, bosimi va namligi, shamol tezligi va yoʻnalishi, bulutlar va boshqalarni bir vaqtda kuzatish; meteorologik va aerologik kuzatish natijalari har xil uzatish vositalari yordamida markaziy tashkilot va gidrometeorologiya markazlariga yuborish; gidrometeorologiya markazlarida tuzilgan sinoptik va aerologik haritalar, vertikal qirqim va grafiklar taxlil qilinib ob-havo xizmati holati, uning rivoji, boʻlajak ob-havo sharoitlari aniklanib tegishli muassasalarga yuboriladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil