Ob-havo xaritalari

Ob-havo haritalari - meteorologik va aerologik st-yalardan olingan maʼlumotlar (sonlar va shartli belgilar) ni geografik haritalarga koʻchirib tuziladigan sinoptik va aerologik haritalar. Yer yarim shari, butun Yer yuzasi uchun, shuningdek, kichik r-nlar uchun tuzilishi mumkin. O.-h. x. ob-havo byurolarida kuniga bir necha marta tu-zilib, odatda, kuzatishdan olingan maʼlumotlar asosida EHM lar va max-sus moslamalar yordamida tayyorlanadi. O.-h. x. da konik, merkator, stereografik proyeksiyalardan foydalaniladi. Ularda quruqlik, dengiz va boshqa orografiyalarning muhim xususiyatlari beriladi. O.-h. x. kompleks, aerologik, yordamchi haritalarga boʻlinadi. Ular ob-havo xizmatida muttasil, talabga qarab har 3, 6, 12 soatlar orasida tuziladi. Bu haritalarni tahlil qilib, boʻlib oʻtgan, hukm surayotgan va boʻlajak ob-xavo anikdanadi. Meteoro-logik maʼlumotlar asosida tuzilgan haritalar Yer yaqini sinoptik O.-h. x.lari, aerologik kuzatish natijalari tu-shirilgan haritalar barik topografiya yoki aerologik haritalar deyiladi. Kompleks harita sinoptik harita boʻlib, unda dengiz yuzasiga moslashtirilgan qavo bosimi, temperaturasi va namligi, uzoqni koʻrish masofasi, har xil bulutlar, yogʻin turlari, atmosfera hodisalari va h.k. ifodalanadi. Kompleks haritalardan ob-havoni va atmosfera sinoptik holatini tahlil qilishda foydalaniladi. Aerologik haritalar atomosfe-raning maʼlum balandliklari uchun tuziladi. Bu haritalarda shamol tezligi va yoʻnalishi, temperatura, namlik va h.k. bel-gilanadi. Aerologik haritalar, asosan, aviatsiya xizmatida katta ahamiyatga ega. Yordamchi, kompleks, sinoptik haritalarga qoʻshimcha qilib, ayrim meteo-rologik elementlar (mas, tumanlar, chang boʻronlar, yashin va chaqmoqlar, yaxmalaklar, kuchli yogʻinlar, eng yuqori va eng past temperaturalar, tropopauza balandligi va boshqa asosida) tuziladi. Kichik r-nlar uchun tuziladigan O.-h.x. mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan koʻp sonli me-teorologik st-yalar maʼlumotlaridan foydalanib tuziladi. Aviatsiya xizma-ti uchun moʻljallangan O.-h.x. maʼlum r-n uchun uni halqa koʻrinishida oʻrab olgan zich meteorologiya st-yalari maʼlumotlari asosida tuzilgan ob-havo haritasi asosida qisqa vaqt oraligʻi uchun tuziladi. Aviameteorologiya markazlarida muntazam ravishda maxsus prognoz haritalari tayyorlanadi.

Tohir Muxtorov.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil