Obaki
Obaki — oʻrtapishar mahalliy uzum navi. Obakining tupi oʻrtacha oʻsadi. Bargi yirik. Oʻrtacha kertikli doyra shaklida, ters tarafining tuklari siyrak. Guli qoʻsh jinsli. Uzum boshlari yirik (300— 350 g), konussimon. Shingillari tigʻiz, tuxumsimon, seret, sershira, rangi kizil yoki pushti. Iyul oxirida pisha boshlaydi. Sentabr boshlarida toʻla yetiladi. Mevasi tarkibida 20—21% qand, 6—7% kislota bor. Gektaridan 100—150 s hosil olinadi. Obakining Oq Obaki xili ham bor. Oqobakining uzum boshi oʻrtacha kattalikda (200—250 g), konussimon yoki silindr — konussimon, hovol. Gʻujumlari tuxumsimon, rangi och-yashil, yetilganda bir oz sargʻayadi. Kurtaklari boʻrta boshlagandan keyin 173 kunda (Toshkent atrofida) pishib yetiladi. Hosildorligi 150—180 s/ga. Sovuqqa ancha chidamli. Zamburugʻli kasalliklarga chidamsiz. Mevasi yeyiladi, vino tayyorlanadi. Toshkent, Sirdaryo, Namangan viloyatlarida koʻp ekiladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |