Obchak svitasi — Fargʻona vodiysining shim.da neogen yotqiziklari tarkibidagi stratigrafik birlik. Geolog olim M. N. Gramm tomonidan aniqlangan. Obchak svitasi qizgʻish-qoʻngʻir, kizil va toʻq qoʻngʻir alevritli gil, qumtosh va konglomeratlardan tarkib topgan. Umumiy qalinligi 400 m (Norin) dan 600 m (Varziq)gacha. Konglomerat va qumtoshlar tarkibidan, asosan, paleozoy choʻkindi-metamorfik jinslarining siniq (donacha)lari uchraydi. Obchak svitasi Moylisoy svitasi ustida yotadi, uning yoshi tarkibida saqlangan chuchuk suv joni-vorlaridan ostrakoda va gastropoda hamda suvoʻt qoldiqlari asosida aniqlangan. Obchak svitasi stratigrafik ahamiyatga ega.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil