Obidjon Hamidov

oʻzbekistonlik iqtisodchi olim, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Obidjon Hafizovich Hamidov (1975-yil 2-fevral, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik iqtisodchi olim, iqtisodiyot fanlari doktori (2017), professor (2020).

Obidjon Hafizovich Hamidov
Tavalludi 2-fevral 1975-yil (1975-02-02) (49 yosh)
Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi iqtisodchi olim
Sohasi iqtisodiyot
Taʼlimi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Dokuz Eylül universiteti
Ilmiy darajasi iqtisodiyot fanlari doktori (DSc)
Ilmiy unvoni professor

Biografiyasi tahrir

Obidjon Hamidov 1975-yil 2-fevral Buxoro viloyati ziyolilar oilasida tugʻilgan[1]. 1992—1998-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida, 1992—1996-yillarda Turkiyadagi Dokuz Eylül universitetida oʻqigan. 1998—1999-yillari „Interkontinental“ mehmonxonasi hisobchisi, 2000—2001-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti maxsus turistik firmasi direktori, 2001—2003-yillari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti turizm servisi kafedrasi assistenti, 2003—2004-yillarda „Soj-Invest“ sanoat-moliya kompaniyasining bosh vakili, 2004—2005-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti turizm servisi kafedrasi assistenti, 2005—2007-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti turizmda marketing va servis kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2007—2008-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti servis kafedrasi dotsenti, 2008—2015-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti servis kafedrasi mudiri, 2015—2017-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti moliyaviy-iqtisodiy ishlar boʻyicha prorektori, 2017—2019-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori vazifasida ishlagan[2]. 2019-yildan Buxoro davlat universiteti rektori lavozimida faoliyat koʻrsatmoqda[3][4]. Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi[1].

Ilmiy faoliyati tahrir

Obidjon Hamidov ilmiy ishlari iqtisodiyot va turizm, menejment, marketing kabi sohalarning dolzarb muammolariga oid. 2006-yil Samarqand iqtisodiyot va servis institutida „Oʻzbekiston turizm xizmatlari bozorida raqobatbardosh strategiyalarni tanlash“ mavzusida nomzodlik ishini himoya qiladi, 2006-yil 29-iyunda iqtisodiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2009-yilda dotsent ilmiy unvoni berilgan. 2017-yil Samarqand iqtisodiyot va servis institutida „O‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirishning boshqarish mexanizmini takomillashtirish“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyani himoya qilib, 2017-yil 29-noyabrda iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi olgan, 2020-yilda olimga professor ilmiy unvoni beriladi. Obidjon Hamidov 6 ta monografiya, 5 ta darslik, 3 ta oʻquv qoʻllanma, 3 ta uslubiy qoʻllanma, 80 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir[1].

Manbalar tahrir

Andoza:OʻTOE