Obmoʻri
Obmoʻri (fors, ob — suv va moʻri — quvur) — qalʼa, istehkom, qoʻrgʻon va shaharlarni ichimlik suvi bilan taʼminlovchi yer osti suv inshooti. U ikki xil — quduqli va sopol quvurlar yotqizilgan lahim (tunnel)li boʻladi. Quduqli Obmoʻri — qalʼa tubida gumbazsimon suvxona bino qilinib, tubidan quduq qaziladi. Suvxonaga zinapoyalar orqali tushiladi. Lahimli Obmoʻri suv manbalari (soy yoki daryo tarmogʻi) qalʼa tomon qazilgan lahim boʻylab tosh yoki pishiq gʻishtlardan novsimon suv yoʻli — ariq ishlanadi va unga sopol quvurlar yotqiziladi (masalan, Aksikat shahrining XX- XXI asrlarida barpo etilgan moʻrisining quvurlari 40 sm li boʻlgan). Quvurlardan oqib kelgan suvdan foydalanish maqsadida qalʼa ichida bir nechta suvxona va ularga tushish uchun zinali moʻrilar ishlab chiqiladi. Inshootning zinali suvxonasi "Kofir moʻri" anikrogʻi ("Kof-har moʻri") deb yuritiladi (yaʼni qasr suvxonasiga tushiladigan moʻri).
Shubhasiz koriz usulida barpo etilgan yer osti suv inshooti Obmoʻri kabi oʻrta ayerning murakkab gidrotexnikasini yaratgan muhandislar qalʼa yoki shahar aholisini, xususan, uning mudofaachilarini ichimlik suvi bilan taʼminlab, qamal vaqtida ularni suv tanqisligida qoldirmaslik chora va tadbirlarini nazarda tutganlar va ularning yechimini topa olganlar.
Adabiyot
tahrir- Muhammadjanov A. R., Oʻzbekistonning qadimgi gidrotexnika inshootlari, T., 1997.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |