Obrenovichlar – Serbiyadagi knyazlar (1815—42, 1858—82), soʻngra qirollar (1882—1903) sulolasi. Asoschisi – Milosh Obrenovich. 1842-yil mamlakatdan quvgʻin qilingan; 1858-yil Serbiya taxtiga qayta tiklangan. Obrenovichlar sulolasi hukmdorlari: Milosh .(1815—39, 185860); Mixail (1839-42, 1860— 68); Milan (1868 – 89, 1882-yildan qirol); Aleksandr (1889—1903). Obrenovichlarning soʻnggi vakili – Aleksandr Karageor-giyevichlar tarafdorlari boʻlgan zobitlar guruhi tomonidan oʻldirilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil