Obu-otash istirohat bogʻi Eronning Tehron ustonida joylashgan. Xalq orasida „Boʻstoni Hazrat Ibrohim“ deb ham atashadi. Dam olish bogʻi Vanak maydoni yaqinida joylashgan boʻlib, uning umumiy maydoni 24 000 kvadrat metrni tashkil qiladi. Istirohat bog‘i yetti ijodiy sahnadan iborat bo‘lib, sahnalarda Ibrohim paygʻambar tavalludi, butlarning sinishi, olovning gulzorga aylanishi, o‘g‘li Ismoil paygʻambarni qurbonlik keltirmoqchi boʻlgani hamda Ka’ba barpo etilishi haqida hikoya qilinadi. Bundan tashqari, bogʻda toʻrtta olovli minora boʻlib, ulardagi alanganing balandligi 8 metrga yetadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Mostafaviy, Hamid. Tasvirlarda Eron bo'ylab sayohat, 2013, SOKHANVARAN PUB. — 81-bet. ISBN 978-600-9675-31-3.