Oburdon ustunlari
Oburdon ustunlari – Zarafshon daryosining yuqori qismidagi Oburdon qishlogʻidan topilgan yogʻoch ustunlar. 1920-yil etnograf M. S. Andreyev tomonidan topilgan. Oburdon ustunlari somoniylar mada-niyatini aks ettiruvchi noyob yodgorlik. Zarafshon oʻymakorlik usulida ishlangan yogʻoch yodgorliklarning koʻpchiligi mahalliy usta-oʻymakorlar tomonidan yasalib, mayejid va imoratlarga ishla-tilgan. Us tunlarning naqshlari oʻsimlik va hayvonlar suratidan iborat. Oburdon ustunlari Oybek nomidagi Oʻzbekiston xalklari tarixi muzeyida saqlanmokda.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |