Ochiq shahar
(Ochiq Shahardan yoʻnaltirildi)
Ochiq shahar (xalqaro huquqda) — urushayotgan tomonlardan biri himoyasiz deb eʼlon qilgan shahar. Ochiq shahar harbiy harakatlar maydoni boʻlishi mumkin emas. Ochiq shaharning huquqiy maqomi 1907-yil Gaaga konferensiyasida qabul qilingan "Quruqlikdagi urush qonunlari va odatlari toʻgʻrisida"gi qoidaga asoslanadi. Unga koʻra, himoyalanmagan shaharlar, qishloklar, turar joy yoki imoratlarga har qanday usulda hujum qilish yoki bombalar tashlash man etiladi. Ikkinchi jahon urushi (1939—1945-yillar) vaqtida, masalan, Parij, Rim Ochiq shahar deb eʼlon qilingan edi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |