Husnbuzar (Acne vulgaris) — seboreyali bemorlarda uchrovchi soch qopchasi va yogʻ bezlarining surunkali yiringli yalligʻlanishidir. Kasallik koʻproq balogʻat yoshidan boshlanib, koʻproq 20-45 yoshlilar orasida uchraydi[1]. Oddiy husnbuzar kasalligi insonlarda balogʻat yoshi davrlarida kuzatiladi. Kasallik asosan estrogen va androgen gormonlari nisbatining oʻzgarishi hisobiga, yani androgenlar miqdorining koʻpayishi va yogʻ ajralishi jarayonining kuchayishi hisobiga yuzaga keladi. Ayollarga nisbatan erkaklarda kasallik koʻproq uchraydi. Kasallikning kelib chiqishida meʼda-ichak aʼzolari kasalliklari, moddalar almashinuvi va endokrin tizimi faoliyatining buzilishi, gipovitaminozlar, qabziyat va boshqa omillar sabab boʻladi. Kasallik rivojida yogʻ bezlarining koʻp miqdorda yogʻ mahsulotini ajrata boshlashi (giperfunksiya) kuzatiladi, bunday holatlarda nafaqat yogʻ bezlaridan ajralayotgan sekretsiya miqdori oshibgina qolmay, balki uning tarkibi ham oʻzgaradi. Natijada erkin holatda boʻlgan yogʻ kislotalarining miqdori oshib, terida ishqoriy muhit vujudga keladi. Yogʻlarning chiqish yoʻllarida yogʻ mahsulotining yigʻilib qolishi hamda ularga stafilakokk, streptokokk, korinobakteriyalar va boshqa infeksion omillarning tushishi natijasida oʻchoqlarda yalligʻlanish jarayoni koʻrinarli darajada namoyon boʻladi. Yalligʻlanish jarayonini kechishi bemor organizmning individual holatiga va mikroorganizmlar miqdoriga hamda ularning virulentlik darajasiga bogʻliq boʻladi.

Oddiy huznbuzar


Soch qopchasi va yogʻ

bezlarining surunkali yiringli yalligʻlanishi
Teri kasalligi
KXK-10 L70.0
KXK-9 706.1
DiseasesDB [1]
MedlinePlus 000873
eMedicine derm/2

Tasnifi tahrir

Oddiy xusnbuzar kasalligi quyidagicha tasniflanadi: I Klinik koʻrinishi jihatidan yalligʻlanishsiz kechadigan husnbuzar koʻrinishida;

  • ochiq komedonlar
  • yopiq komedonlar

II Yalligʻlanishli husnbuzar koʻrinishida

  • papula,
  • pustulalar,
  • tugunlar,
  • kistalar;

III Yalligʻlangan tugunchalar koʻrinishida (toshmalar diametri 5-mm.); IVPustulalar koʻrinishida (diametri 5-mm yiringli oʻzakli yalligʻlangan toshmalar); V Pugunlar (diametri 5-mm dan katta boʻlgan yalligʻlangan toshma elementlari). Kechishi jihatidan quyidagicha boʻlinadi: VI Yengil kechishi

  • bir tugunchali;
  • bir necha tugunchali;
  • yiringchali kamedonlar paydo boʻlishi, lekin tugunlarning kuzatilmasligi;

VII Oʻrta ogʻirlikda kechishi (bir nechtadan, qoʻp miqdorgacha tugunchalar va pustulalar hosil boʻladi):

  • konglobatli husnbuzar,
  • fulminantli husnbuzar,
  • inverstli husnbuzar.

VIII Ogʻir kechishi

  • Koʻp miqdorda tugunchalar,
  • pustulalar,
  • tugunlar; oʻrta ogʻirlikda kechishi

Etiologiyasi tahrir

 
Orqa tarafdagi nodulyar husnbuzar

Aniq boʻlmagan, kasallikka olib keluvchi bir qator omillar mavjud. Ular:

  •  — genetik omillar;
  •  — gormonlar disfunksiyasi (ayniqsa, androgenlarning);
  •  — yogʻ bezlari faoliyatining buzilishlari;
  •  — mikroorganizmlarning jadal koʻpayishi (stafilokokklar, propion kislotasi bakteriyalari);
  •  — yogʻ bezlari chiqaruv naychalarining tiqilib qolishi;
  •  — yalligʻlanish reaksiyasi;
  •  — teri butunligining buzilishi.

Klinikasi tahrir

 
Husnbuzar komedonlari shakllanishining sodda koʻrinishi

Kasallikning ilk alomatlari terida qattiqlashgan qizgʻish tugunchalar tarzida paydo boʻladi, ular asosan yiringchalar shaklida, keyinchalik esa komedonlar koʻrinishida, yaʼni yogʻ bezlari chiqaruv yoʻllari tirqishlarining bekilib qolishi holati koʻrinishida namoyon boʻladi. Keyinchalik, yalligʻlanish jarayoni tugunchali, pustulali yoki papula-pustulali toshmalarning paydo boʻlishi bilan kechadi. Kasallikning bunday klinik koʻrinishda kechishida toshmalar asosan chandiqlar hosil qilmay yoʻqoladi. Toshmalarning bir-biriga qoʻshilishi va chuqurlashishi hisobiga infiltratsiya yoki abssesslanish holatlari vujudga keladi, natijada esa jarayon depigmentli chandiqlanishlarni qoldirish bilan tugaydi. Kasallikning sharsimon (Acne conglobata) klinik shaklida katta hajmli infiltratlar hosil boʻlib, ular derma qavatining chuqur sohalarida va teri osti yogʻ qavatlarida joylashgan boʻladi. Bunday toshmalar bir-biri bilan qoʻshilishga moyil boʻlib, umumiy infiltratli oʻchoqlarni, yaʼni konglobatlarni hosil qiladi, ular markazida esa keyinchalik abssesslar (abssesslangan husnbuzar) paydo boʻladi, bunday oʻchoqlar oʻzidan keyin chandiqlar hosil qiladi. Absesslangan oʻchoqlar bemorlarning nafaqat yuz teri sohalarida, balki koʻkrak teri sohalarida ham kuzatilishi mumkin[2].

Molniyenos husnbuzar (tez hosil boʻluvchi husnbuzar) klinik shakli kam holatlarda uchraydi va u kasallikning ogʻir kechuvchi turi boʻlib, asosan balogʻat yoshiga yetgan oʻgʻil bolalarda kuzatiladi. Kasallik belgilari tana teri yuzalarida birdan pustula va papulali toshmalar tarzida paydo boʻladi. Joylarda bunday toshmalar tez vaqt ichida yaralarga aylanib, yarali-nekrotik piodermiyani eslatadigan oʻchoqlar hosil qiladi. Bemorlar tana haroratlari 38 °C darajagacha koʻtariladi, mushak va boʻgʻim sohalarida ogʻriqlar, holsizlik holatlari hamda ishtahaning pasayishi kabi oʻzgarishlar kuzatiladi. Kasallikning invers, yaʼni klinik shakli appokrin ter bezlarining zararlanishi hisobiga hosil boʻladi. Jarayon asosan qoʻltiq osti va oraliq sohalarida joylashadi, oʻchoqlarda ogʻriqli infiltratlar hosil boʻladi, keyinchalik esa ular yorilib, tarkibidan yiringli suyuqlik ajrala boshlaydi.

Terining seboreyali sohalarida (yuzda, boʻyinda, koʻkrak sohalarida, yelka kamarida), yogʻli terida, kengaygan teri tirqishlarida follikulyar yiringchalar vujudga keladi, ularning asosi va atrofi infiltratsiyalangan boʻladi. K om edonlar kuzatiladi. H usnbuzarning rivojlanish bosqichida eritematoz, papulyoz va pustulyoz davrlari tafovut etiladi. Husnbuzarning asoratlangan turlari: abstsesslashgan va sharsimon (konglobatli) husnbuzarlar farqlanadi. '''Acne flegmonose''' koʻproq uchrab, yalligʻlanish teri osti kletchatkasiga yoyiladi, natijada abstsesslar hosil boʻladi, bular, asosan, erkaklar yelka terisida (koʻkrak orasida) uchraydi. Bir necha komedonlar yalligʻlanishida qoʻshilib ketib, yirik abstsesslar paydo boʻladi, ular oʻrtasida qora komedon nuqtalari saqlovchi chandiqlarga aylanadi[3].

Boshga yara toshi va badanga yara toshi tahrir

Bemor kelgandagi shikoyatlari, kasallikni boshlanish omili va sababchisi haqidagi maʼlumotlar, shuningdek, bemorning umumiy koʻrinishi, teri va shilliq qavatlarning koʻrinishi, epidemiologik anamnezlarga asoslanib qoʻyiladi. Qoʻshimcha sifatida fizikaga va instrumental-laboratoriya tekshiruvlari oʻtkaziladi. Yana bu kasallik oʻziga xos klinik koʻrinishlarga ega.

Differensial tashxisi tahrir

Davosi tahrir

Husnbuzar kasalligini davolash jarayonida bemorlarga uglevodli hamda yogʻli mahsulotlarni isteʼmol qilish taqiqlanadi. Davo choralari kompleks ravishda olib boriladi, bemorlarga antibiotiklar (tetratsiklin guruhidagi dori vositalari 2 haftadan 3-4 oy davomida qabul qilinadi), stafiloanatoksin, stafiloantifagin, stafilovaksina, gammaglobulin kabi dori vositalari tavsiya etiladi. Davolash jarayoni A, E, V2, V6, V12, V15 kabi vitaminlardan ham keng koʻlamda qoʻllash orqali olib boriladi.

Mahalliy davo: tahrir

Mahalliy davo choralari salitsil kislotasining spirtli eritmalari, rezorsin hamda spirtli va efirli losonlarni, eritromitsin, levomitsetin kabi dori vositalari eritmalarini surtish orqali olib boriladi. Mahalliy davoda Zinerit losonini (eritromitsin-rux brikmasi kompleksi) qoʻllash yaxshi davo samarasini beradi[4]. — yengil, oʻrtacha yengil turlarida bir yoki bir necha keratolitik, antibakterial vositalar almashib qoʻllaniladi;

Shu vositalardan biri teriga har kuni 1-2 marta surtiladi. Mahalliy davo uzoq muddat (2-4 oy) mobaynida qilinadi.

Umumiy davo: tahrir

Bemor ahvoli va kasallik darajalarini hisobga olgan holda bemorga qoʻshimcha davo vositalari va kerakli mutaxassislar jalb qilinadi.

Manbalar tahrir

  1. Vaisov, Atham. Teri va tanosil kasalliklari, 2009, Toshkent — 128 bet. ISBN 978-9943-08-299-1. 
  2. A.M. Mannonov, Q.N.Xaitov. Oddiy husnbuzar, 2016, Toshkent: IQTISOD-MOLIYA — 267 bet. ISBN 978-9943-13-601-4. 
  3. Vaisov, Atham. teri va tanosil kasalliklari, 2009, Toshkent: Yangi asr avlodi — 129 bet. ISBN 978-9943-08-299-1. 
  4. A.M. Mannonov, Q.N.Xaitov. Oddiy husnbuzar, 2016, Toshkent: IQTISOD-MOLIYA — 268 bet. ISBN 978-9943-13-601-4.