Rezorsin, m — dioksibenzol, C6H4(OH)2 — ikki atomli fenol, oʻziga xos xushboʻy, shirin, rangeiz kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 110,8°, qaynash temperaturasi 280,8°. Suvda, efirda, spirtda eriydi. Sanoatda m — benzoldisulfokislotaga ishqor taʼsir ettirib olinadi. R. boʻyoqlar, plastmassalar va portlovchi moddalar i.ch.da, shuningdek, tibbiyotda teri kasalliklarini davolashda antiseptik eritma va maz sifatida ishlatiladi. REZUS, bengal makakasi (Massasa mulatta, yaʼni M. rhosus) — makakalar urugʻiga mansub maymun. Uz. oʻrtacha 80, dumi 25 sm; ogʻirligi 8–13 kg. Yungi sargʻishyashil, qorni va oyoklarining ichki tomoni okish. Terisi, odatda, okish tusda, urchish davrida yuzi va oʻtirgʻich soʻgali oʻtkir qizgʻish tusga kiradi. Janubiy (Hindiston) va Jan.

Sharqiy Osiyoda (Nepaldan Shimoliy Myanmagacha) tarqalgan. Daraxtda va koʻpincha yerda tuda boʻlib yashaydi. Barmoklari va tovoniga tayanib 4 oyokda yuradi. Yaxshi suzadi va shoʻngʻiydi. R. serjahl va agressiv boʻlganidan ular toʻdasida dominantliktobelik sistemasi qatʼiy emas. Yil davomida, koʻproq bahor va kuzda bolalaydi. Tutqunlikda yaxshi koʻpayadi. Hayvonot bogʻlarida boqiladi. Lab. hayvonlari sifatida foydalaniladi. R.da qoqshol, difteriyaga qarshi emlash metodlari ishlab chiqilgan, antibiotiklar va boshqa dorilar taʼsirida tekshirib koʻrilgan. R. eritrotsitlar bilan immunlangan hayvonlar qoni plazmasi yordamida odam qonida rezusfaktor antigeni kashf qilingan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil