Oddiy oʻgʻit — tarkibida oʻsimliklar uchun asosiy oziq moddalardan biri boʻlgan oʻgʻit. Bu nom shartli ravishda berilgan. Chunki O.oʻ. tarkibida asosiy oziq moddalardan tashqari boshqa aralashmalar — oltingugurt, magniy, kalsiy va boshqa mikroelementlar ham boʻlishi mumkin. Masalan, oddiy superfosfatda 14—20% fosfor mavjud, qolgani kalsiy, oltingugurt va boshqa elementlardan iborat. O.oʻ. azotli, fosforli, kaliyli va h.k. boʻladi. Qishloq xoʻjaligi ekinlarni oziqlantirish paytida zarur oziq moddalar toʻplamini olish uchun ularni koʻpincha aralashtirish kerak.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil