Odiljon Ziyodullayev

oʻzbekistonlik olim, kimyo fanlari doktori, professor

Odiljon Egamberdiyevich Ziyodullayev (1979-yil 1-fevral, Baxmal tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, kimyo fanlari doktori, professor.

Odiljon Egamberdiyevich Ziyodullayev
Tavalludi 1-fevral 1979-yil (1979-02-01) (45 yosh)
Baxmal tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi kimyogar
Sohasi kimyo
Taʼlimi Samarqand davlat universiteti (bakalavriat) Oʻzbekiston Milliy universiteti (magistratura)
Ilmiy darajasi kimyo fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Biografiyasi tahrir

Odiljon Ziyodullayev 1979-yil 1-fevral Baxmal tumani ishchilar oilasida tugʻilgan[1]. 2000-yilda Samarqand davlat universiteti kimyo fakultetini bakalavriatini, 2003-yilda Oʻzbekiston Milliy universiteti „Neft va tabiiy gaz kimyosi“ mutaxassisligi boʻyicha magistraturani tamomlagan. 2003—2006-yillarda Oʻzbekiston Milliy universitetida „Organik kimyo“ ixtisosligi boʻyicha aspiranturada taʼlim olgan. 2006—2011 yillarda Oʻzbekiston Milliy universiteti kimyo fakultetida muhandis-texnik, 2011—2012-yillarda Toshkent kimyo-texnologiya instituti neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasi assistenti, 2012-yilda shu institutning Yoqilgʻi va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari, 2012—2017-yillarda Toshkent kimyo-texnologiya instituti „Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi“ kafedrasi mudiri, 2017-yilda Oʻzbekiston Milliy universiteti ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi, 2017—2019-yillarda Chirchiq davlat pedagogika instituti oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha prorektori, 2019—2022-yillarda Chirchiq davlat pedagogika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori lavozimida faoliyat olib borgan[1]. 2022-yildan Chirchiq davlat pedagogika universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori.

Ilmiy faoliyati tahrir

Odiljon Ziyodullayev 2011-yilda Organik moddalar texnologiyasi ixtisosligi boʻyicha kimyo fanlari nomzodi, 2016-yilda Organik kimyo ixtisosligi boʻyicha kimyo fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. 2016-yilda dotsent ilmiy unvoni berilgan. „Neft-gaz kimyosi va fizikasi“ (2014), „Neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi“ (2016) nomli darsliklar, „Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi“ (2013), „Neft va gazni qayta ishlash korxonalari jihozlari va loyihalash asoslari“ (2014), „Neft-gaz kimyosi va fizikasi“ (2015) nomli oʻquv qoʻllanmalari, „Atsetilen spirtlari: olinishi, xossalari, qoʻllanilishi“ (2017) nomli monografiya muallifi[1].

Mukofotlari tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342 bet. 

Andoza:OʻTOE