Odoq
Odoq (oyoq soʻzidan) — daryo va soylar etagi, quyilishi yeri, baʼzan oʻrta oqimi sohillaridagi tekis pastlik yerlar. Odoqlarni toshqin vaqtida baʼzan suv bosadi, yer osti suvlari yuza boʻlib, daryo suvining sathiga qarab oʻzgarib turadi. Tuprogʻi koʻpincha, shoʻrtob botqoq boʻlib, qamish, koʻgʻa, yulgʻun, shoʻra, ajriq bilan qoplanib yotadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |