Ofarinkent — Zarafshon vodiysining oʻrta qismidagi oʻrta asrlarga oid shahar va tuman. Miyonkolning yuqori qismini Sugʻdi Xurd (Kichik Sugʻd) yoki Nim Sugʻda (Yarim Sugʻd) tumani egallagan boʻlib, temuriylar davrida Ofarinkent shahri uning markazi edi. "Qandiya"da aytilishicha, ofarinkent shahri Samarqand hukmdori Gʻurak davrida (XVII asr) qurilgan. Shayboniylar davridan bu tuman Ofarinkent deb atala boshlagan. U shayboniy sultonlaridan Iskandarga (Abdullaxon II ning otasi) mulk sifatida berilgan. Hofiz Tanish al-Buxoriy Ofarinkentni Miyonkoldagi "iqlimi juda qulay, sersuv, ochiq koʻngilli va tenchliksevar aholi yashaydigan eng yaxshi joydir", deb taʼriflaydi. Ashtarxoniylar davrida ham Ofarinkent hokim, bek yoki qoʻshin qozisining qarorgohi boʻlib xizmat qilgan. Keyinchalik Ofarinkent oʻz oʻrnini Dahbedga boʻshatib bergan. XVII asrning 2-yarmi va XIX asrning 1-yarmida Ofarinkent maʼmuriy jihatdan Buxoro amirligining Samarqand bekligi tarkibiga kirib, manbalarda tuman va shahar sifatida eslatiladi. "Ofarinkent" atamasi XX asr boshigacha saqlangan. Hozirgi bu joy Samarqand viloyatining Okdaryo tumani tasarrufida boʻlib, Primkent kishlogʻi nomi bilan maʼlum. Qad. Ofarinkent shahar harobasi saqlangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil