Official IELTS Practice Materials 2

„Official IELTS Practice Materials 2“ („Rasmiy IELTSga hozirlanish materiallari 2“), toʻliq nomi „Official IELTS Practice Materials 2 with DVD“ („Rasmiy IELTSga hozirlanish materiallari. DVD bilan“) — IELTS testiga hozirlanish boʻyicha qoʻllanma. 2010-yil Cambridge universiteti nashriyotida chop etilgan. Asosan til oʻrganuvchilarini testga hozirlayotgan oʻqituvchilar uchun moʻljallangan. 2009-yil ayni nashriyotda qoʻllanmaning birinchi qismi chop etilgan.

Official IELTS Practice Materials 2 with DVD
Til inglizcha
Janr(lar)i test qoʻllanmasi
Nashriyot Cambridge universiteti nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2010
Sahifalar soni 87
ISBN ISBN 978-1-906438-87-6
Avvalgisi Official IELTS Practice Materials 1

Qoʻllanmaga Academic moduli boʻyicha 1 ta, General Training moduli boʻyicha 1 ta toʻliq mashq testi kiritilgan. „Official IELTS Practice Materials 1“ va „Official IELTS Practice Materials 2“ Cambdridge IELTS qoʻllanmalari bilan bir qatorda IELTS testini uyushtiruvchi University of Cambridge ESOL Examinations, British Council hamda IDP Education Australia tashkilotlari tomonidan hozirlangan sanoqli rasmiy test materiallari safiga kiradi.

Yana qarang tahrir

Havolalar tahrir