Oftob urishi — quyosh nurlari tik tushib turganda boshning (ayniqsa, yalang boshning) oʻta qizib ketishidan kelib chiqadigan kasallik holati. Oftob urganda miyada qon aylanishi buziladi; miya pardalari va moddasining tomirlari kengayib, qonga toʻlib ketadi, miya shishadi. Oftob urishi ogʻir boʻlganda mayda qon tomirlari yorilib, miyaning turli boʻlimlariga va pardalariga qon quyiladi, natijada markaziy nerv sistemasi turli bulimlarining funksiyasi buziladi. Oftob urishi yengil boʻlganda bosh aylanadi, ogʻriydi, darmon quriydi, koʻz tinadi. Ogʻir Oftob urishida bemor talvasaga tushib qusadi, hushdan ketadi, terisi qizaradi, pulsi va nafas olishi tezlashadi, temperaturasi koʻtariladi. Bunday hollarda uni darhol kasalxonaga yotqizishi kerak.

Oldini olish

tahrir

Oldini olish oftobda ishlaganda yoki yurganda, albatta, bosh kiyimi kiyib olish lozim.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil