Ogʻa
Ogʻa (turkcha) — 1) Usmonli turk imperiyasida yanicharlar boshligʻi unvoni, shuningdek, saroy xodimlari boshligʻi. Yanicharlar korpusi tugatilgach (1826), Turkiya armiyasidagi kichik va oʻrta zobitlar. Hozirgi Turkiyadagi yer egalariga murojaat qilinganda Ogʻa qoʻshib ishlatiladi, baʼzan kishi ismining bir qismi boʻlib ham qoʻllanadi; 2) Ogʻaning "aka" maʼnosi ham bor (mas, ogʻa-ini — aka-uka); 3) xon saroyi yoki boy xonadonidagi kanizak, uygʻur xonadonidagi eng keksa ayol ogʻacha deyilgan; 4) haram qoʻriqchisi (bichilgan qul) haram ogʻasi deb atalgan; 5) Xorazmda xon saroyiga arzga keluvchilarni qabul qiluvchi kishi eshik ogʻasi deyilgan; 6) xotinning akasi yoki ukasi (agar eridan katta boʻlsa) er uchun, erning akasi yoki ukasi (agar xotinidan katta boʻlsa) xotin uchun qaynogʻa hisoblanadi; 7) bu atama Eronda oqo shaklida ishlatiladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |