Ogʻiz boʻshligʻi
(Ogʻiz Boʻshligʻidan yoʻnaltirildi)
Ogʻiz boʻshligʻi — hazm yoʻlining boshlangʻich boʻlimi. Old va yon tomonlari lunj bilan, yuqoridan yumshoq va qattiq tanglay, pastdan Ogʻiz boʻshligʻi tubi — til osti muskullari bilan chegaralangan. Ogʻiz boʻshligʻi orqa tomondan toq teshik—tomoq orqali halqum boʻshligʻiga tutashadi. Tishlar va milklar ogʻiz boʻshligʻini ogʻiz dahlizi (ogʻizga kiraverish) bilan asli Ogʻiz boʻshligʻiga ajratib turadi. Ogʻiz daxlizi ogʻiz teshigi orqali tashqi muhitga tutashadi. Ogʻiz yumilganda Ogʻiz boʻshligʻi torayadi va uni til toʻldirib turadi. Soʻlak bezlari Ogʻiz boʻshligʻi daxliziga ochiladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |