Anesteziya (yun. an — inkor qoʻshimchasi va aisthesis — sezgi, his etish) — sezgini yoʻqotish, ogʻriqsizlantirish. Sunʼiy anesteziya koʻpincha jarrohlikda va boshqa hollarda qoʻllaniladigan ogʻriqsizlantirishdir. Anesteziyaning umumiy hamda mahalliy turlari bor. Umumiy anesteziya — umumiy narkoz; kimyoviy moddalar, elektr toki yoki ruhiy taʼsirot yordamida bemorni uxlatib ogʻriqsizlantirish. Mahalliy anesteziya dorilar, fizik yoki mexanik omillar yordamida periferik nerv sistemasining biror boʻlagiga taʼsir qilib, uni ogʻriq sezmaydigan qilib qoʻyishdir. Nerv tolalarini siqish yoʻli bilan ham ogʻriqsizlantirish mumkin.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil