Oila pudrati — mehnatni tashkil etishning ichki xoʻjalik shakli, ja-moa pudrati koʻrinishlaridan biri. Bunda oila pudratchi boʻlib shartnoma tuzadi. Shuningdek, Oila pudrati tomoyilida qarindoshchilik aloqalari boʻlmagan kichikroq jamoalar (5 kishigacha) ham ishlashi mumkin. Xoʻjalik bilan Oila pudrati munosabatlar pudrat shartnomasi bilan kelishib olinadi. Oila pudratida ishlayotgan ja-moa ishlab chiqarish vositalaridan foydalanadi. Ular yetishtirgan mahsulot shirkat xoʻjaligi mulki hisoblanadi. Oila pudratida xodimlar faqat mahsulot ishlab chiqarish bilan band boʻladi, moliyaviy va moddiy-texnika taʼminoti, qurilish, mahsulot topshirish, ijtimoiy va agrozootexnika xizmati masalalarini xoʻjalik rahbari-yati hal etadi.

Oila pudrati ilgaridan paxtachilik, yaylov chorvachiligi, pillachilik, mevachilik va sabzavotchilik, tamakichilik kabi qoʻl mehnati koʻp talab qilinadigan tarmoklar qoʻllanib kelingan. Hozirgi sharoitda Oila pudrati ishlab chiqarish jarayonlari mexanizatsiyalashgan sohalarda ham keng qoʻllanilmoqda. Oila pudrati jamoa pudrati imkoniyatlari bilan birga oʻziga xos xusu-siyatlarga ega, mas, mehnatga haqtoʻlashni soddalashtiradi, chunki har bir hodimning mehnatda ishtiroki koef-fitsiyentini hisobga olishga zarurat qolmaydi. Oila pudrati bolalarning mehnattarbiyasiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, shaxsiy va ijtimoiy ishlab chiqarishni qoʻshib olib borish uchun qulay sharoit yaratadi.

Qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan munosabatlar xoʻjalik hisobi asosida quriladi. Oila pudratida ishlayotganlarga, imkoniyatiga qarab, ishlab chiqarish vositalari (yer, texnika va boshqalar)ni uzoq (3 yildan kam boʻlmagan) muddatga ijaraga beriladi. Ajratilgan resurelar doirasida mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha oʻzaro kelishilgan vazifalar belgilanadi, iqtisodiy sanksiyalar kelishib olinadi. Anik, ishlab chiqarish sharoitidan kelib chiqib, ish va dam olish re-jimini oilaning oʻzi tartibga soladi. Oilaviy mehnat harakteriga yalpi daromadga qarab haq toʻlash koʻproq toʻgʻri keladi, bunda qishloq xoʻjaligi korxonasi oila yetishtirgan mahsulotni sotib oladi, oila esa, oʻz navbatida, mahsu-lot yetishtirish uchun sarflangan moddiy vositalarga haq toʻlaydi. Daromad bilan harajatlar oʻrtasidagi farq meh-natga haq toʻlashga sarflanadi. Oila ijara pudratida ham ishlashi mumkin. Bunda oila yer, texnika, chorva va boshqa ishlab chiqarish vositalarini uzok, muddatga ijaraga olib, mustaqil xoʻjalik yurita-di va xoʻjalik daromadidan oʻz hissasini oladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil