Ojeshko Eliza
OJESHKO (Orzeszkowa) Eliza (6-iyul 1841-yil - Grodjmlahri - 18-may 1910-yil ) — polyak adibasi. Yirik yer egasining qizi. Varshava pansionida tarbiyalangan (1852—57). Asarlari 1866-yildan nashr etila boshlagan. Ojeshko Elizaning ilk roman va qissalari ("Pan Grabe", 1869; "Marta", 1873 va boshqalar) ayollarning insoniy qadr-qimmat va ijtimoiy erkinlik uchun kurashiga bagʻishlangan.Ojeshko Eliza ijodining asosiy mavzui eski pomeshchiklik tartibining inqirozi hamda burjuaziya obroʻ-eʼtiborining yuksalishidir: "Eli Makover" (1874—75), "Broxvichlar oilasi" (1876) romanlari va boshqa Realistik hikoyalar toʻplami "Turli-tuman davralardan" (1—3-jildlar, 1879—82), belorus dehqonlari hayotini aks ettiruvchi "Pastliklar" (1883), "Dzyurdzi" (1883) va "Surbet" (1888) qissalari shuhrat topgan. "Neman uzra" romani (1887) O. ijodiy yutuqlarining umumlashmasi boʻlib, unda tanazzulga yuz tutayotgan shlyaxta (polyak dvoryan)larga milliyvatanparvarlik anʼanalariga sodiq mehnatsevar dehqonlar qarshi qoʻyilgan. Ojeshko Eliza nasriy asarlari 19-asr polyak realizmi choʻqqilaridan biridir[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |