Okaya (yaponcha: 岡谷市 Okaya-shi?) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan shahardir. 1-fevral, 2019-yil holatiga koʻra, shaharda 19.257 ta xonadonda 48.616 nafar aholi istiqomat qilga, aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 570 kishidan toʻgʻri keladi. Shaharning umumiy maydoni 85,10 kvadrat kilometr (32,86 mi²).[1]

Okaya

岡谷市
Shahar
Skyline of Okaya
Okaya
Bayroq
Okaya
Gerb
36°4′1.6″N 138°2′57.5″E / 36.067111°N 138.049306°E / 36.067111; 138.049306
Mamlakat Yaponiya
{{{mintaqa_turi}}} Chubu viloyati
Asos solingan 1889-yil 1-aprel
Maydon 85.10 km2 (32.86 kv mi)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2019-yil fevral)
48 616
Zichligi 570 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0266-23-4811
Okaya xaritada
Okaya
Okaya
Okaya koʻrinishi
Okayadagi Suva koʻlidan oqib chiqadigan Tenryu daryosi

Geografiyasi

tahrir

Okaya Nagano prefekturasining markazida, Suva koʻlining gʻarbiy qirgʻogʻida va Tenryu daryosining boshlanish qismida joylashgan.

Atrofdagi munitsipalitetlar

tahrir

Iqlimi

tahrir

Shahar issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Okayada oʻrtacha yillik harorat 10,6 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1281 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23,6 °C, eng past harorati esa yanvarda, −1,9 °C atrofida boʻladi[2].

Demografiyasi

tahrir

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Okaya aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida kamaygan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
194058,443—    
195052,288−10.5%
196052,256−0.1%
197060,35+15.5%
198062,21+3.1%
199059,849−3.8%
200056,401−5.8%
201052,859−6.3%
202047,79−9.6%

Tarixi

tahrir

Hozirgi Okaya hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Hirano qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan yaratilgan. Hirano 1936-yil 1-aprelda toʻgʻridan-toʻgʻri shahar maqomiga koʻtarildi va nomi Okaya deb oʻzgartirildi. U Yaponiyadagi oʻn bir qishlogʻidan biri boʻlib, ular toʻgʻridan-toʻgʻri shaharga aylanish uchun oraliq shaharcha bosqichini oʻtkazib yuborgan. Okaya 1951-yil 1-yanvarda qoʻshni Shijiri shahri va Chikumaji qishlogʻini, 1955-yil 1-yanvarda Minato qishlogʻini, 1955-yil 1-fevralda Kavagishi qishlogʻini va 1957-yil 25-martda Osachi qishlogʻi hududini oʻziga qoʻshib oldi.

Hukumat

tahrir

Okaya toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 18 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Shahar Shimosuva bilan saylov okrugiga birlashtirilgan boʻlib, u Nagano prefekturasi assambleyasiga toʻrtta aʼzoni qoʻshish huquqiga ega. Milliy siyosat nuqtai nazaridan Okaya Chino, Shiojiri, Suva, Kiso tumani va Suva tumani bilan birlashtirilgan va Milliy Diet quyi palatasida Nagano 4-okrugini tashkil qilgan.

Iqtisodiyoti

tahrir

Mintaqaning mahalliy iqtisodiyoti asosan oʻrta va kichik biznesdan iborat, ammo baʼzi yirik korporatsiyalar, jumladan Seiko Epson, Olympus Corporation va Kyocera Okata shahrida oʻz zavodlariga ega.

Meidzi davridan Shovaning dastlabki davrigacha (1868—1930) Okaya hududi xorijdan yangi ipak oʻrash mashinasining kiritilishi tufayli Yaponiyaning eksportbop sifatli ipak ishlab chiqaruvchi shaharlaridan biri boʻlgan[4]. Ikkinchi jahon urushidan keyin Okaya oʻz eʼtiborini soatlar va kameralar kabi mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratib, nozik mashinalar ishlab chiqaruvchi shahar sifatida tanildi[4].

Taʼlim tizimi

tahrir

Okayada yettita davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda Nagano prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan uchta davlat yuqori maktabi ham mavjud.

Transporti

tahrir

Temir yoʻl

tahrir

Magistral yoʻl

tahrir
  •   Nagano ekspress yoʻli
  • Milliy yoʻnalish 20
  • Milliy yoʻnalish 142

Xalqaro munosabatlar

tahrir

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

tahrir
  • Okaya Onbashira va Taiko festivallari va unagi (ilon baligʻi) taomlari bilan mashhur.
  • Okaya ipak muzeyi, Yaponiya ipak sanoatining mintaqa uchun ahamiyatini eslatib turish uchun 1964-yilda oʻz eshiklarini ochgan. Muzeyda eski ishlab chiqarish usullari va ipak ishlab chiqarish korxonalarida ishlaydigan odamlarning rasmlari bilan bir qatorda, eski mashinalar va Miyasaka Silk Reeling Co. tomonidan boshqariladigan toʻliq ishlaydigan ishlab chiqarish mahsulotlari mavjud[6][7].
  • Nashikubo xarobalari, Jomon davridagi turar-joy izi, Milliy tarixiy yodgorlik.

Okayaning taniqli odamlari

tahrir

Galereya

tahrir
Okaya stansiyasi

Manbalar

tahrir
  1. Okaya City official statistics (Wayback Machine saytida 2019-04-07 sanasida arxivlangan)(yaponcha)
  2. Okaya climate data
  3. Okaya population statistics
  4. 4,0 4,1 Campbell, Allen. Japan: An Illustrated Encyclopedia. Kodansha, 1993 — 1139-bet. ISBN 406205938X. 
  5. „Celebrating 40 Years as Sister Cities“. Okaya International Exchange Association. 2007-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-fevral 2008-yil.
  6. „The Okaya Silk Museum“ (inglizcha). Kimonogeisha.com (28-yanvar 2015-yil). 2015-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-sentyabr 2015-yil.
  7. „Silk-pro“ (yaponcha). Miyasaka Silk Reeling Co. (1-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 2-sentyabr 2015-yil.

Havolalar

tahrir