Okkupatsiya
Okkupatsiya, harbiy okkupatsiya (lotincha: occupatio — egallash, bosib olish) — xalqaro huquqda — urush olib borayotgan tomonning kurolli kuchlarining dushman hududini vaqtincha egallab olishi. Harbiy O. rejimi 1907-yilgi 4-Gaaga konvensiyasi va "Fuqaro aholini himoya qilish toʻgʻrisida"gi Jeneva konvensiyasi (1949) bilan tartibga solinadi. Bu huj-jatlarda O. qilib turgan hokimiyat oʻzi egallagan joylarda tartibni saklashi, fuqarolarning shaʼni, oilaviy xuquqlari va hayotini qurmat qilishi, mol-mulk, madaniy boyliklarni yakson qilmasligi, O. qilingan hududning siyosiy takdiri toʻgʻrisidagi masalani hal etmasligi va shahrik. nazarda tutilgan. O. rejimini buzish xalqaro jinoyat hisoblanadi, bunda javobgar boʻlgan shaxslar harbiy jinoyatchilar deb qaraladi.[1]
Okkupatsiya (lot. occupatio-ishgʻol qilish) bir mamlakat hududini boshqa davlat yoki davlatlar ittifoqi kurolli kuchlari tomonidan zoʻravonlik b-n bosib olinishi. Bunda Okkupatsiya qilingan davlat hokimiyati oʻz faoliyatini amalda toʻxtatadi, bu xududni maʼmuriy boshqarish odatda okkupatsion kuchlar tomonidan amalga oshiriladi.
Adabiyotlar tahrir
"Oʻbekiston Faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti" „Sharq“ Nashriyot_Matbaa Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent-2004