Oksana Vladimirovna Shilova (1974-yil 12-yanvar OʻzSSR, Toshkent) – rus opera xonandasi (soprano), Mariinskiy teatri solisti, xalqaro opera tanlovlari laureati[1].

Oksana Shilova
Tavalludi 12-yanvar 1947-yil
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi qoʻshiqchi
Janr opera, operetta, romans

Biografiyasi

tahrir

Oksana Shilova 1974-yil 12-yanvarda Oʻzbekistonning Toshkent viloyati Olmaliq shahrida oʻqituvchi oilasida tavallud topgan. Otasi shoir boʻlib, oʻz asarlari albomini nashr etgan. Uning birinchi musiqa oʻqituvchisi E. V. Goncharova shogirdi Oksananing qobiliyatini kashf etadi va uni Sankt-Peterburgga ukasi Kirov teatrining solisti E. V. Fedotovning oldiga olib boradi. Shundan soʻng Shilova N. A. Rimskiy-Korsakov nomidagi musiqa maktabiga oʻqishga kirdi. M. L. Petrova koʻp yillar davomida uning oʻqituvchisi boʻlgan.

Oksana kollejni tugatgach, eng yuqori ball bilan Sankt-Peterburg konservatoriyasiga (vokal va rejissyorlik boʻlimi, yakkaxon qoʻshiqchilik boʻlimi) va 1999-yilda Mariinskiy teatrining yosh qoʻshiqchilar akademiyasiga oʻqishga kirdi. Konservatoriyaning teatr studiyasida xonanda tomonidan ijro etilgan ilk rollari Belinda (Persella, „Didona i Eney“), Barbarina, Syuzanna (Motsart, „Svadba Figaro“) va Luiza (Prokofyev, „Obrucheniye v monastire“) boʻlgan. Oksananing konservatoriyadagi diplom ishi Violetta roli edi. 2007-yildan beri Mariinskiy teatri opera truppasining aʼzosi.

Oksana Vladimirovna Joan Sazerlend, Yelena Obrazsova, Mirella Freni, Renata Skotto, Ileana Kotrubas va Plasido Domingo bilan mahorat darslarida tahsil olgan.

2019-yilda Plasido Domingoning Moskvadagi yakkaxon konsertida ishtirok etgan[2].

Mukofotlari

tahrir

Oksana 2016-yil „Traviata“ operasida Violetta obrazini ijro etishda psixologik va vokal mahorati uchun Sankt-Peterburg tomoshabinlar jamiyatining „Teatr“ mukofoti bilan taqdirlangan[3].

2007-yil S.Moniushko nomidagi xalqaro tanlov, 2003-yil Y. Obrazsova konkursida III Xalqaro tanlov va Jenevada boʻlib oʻtgan xalqaro opera qoʻshiqlari tanlovi laureati boʻlgan.

Manbalar

tahrir