Oksana Aleksandrovna Yarigina (1972-yil 24-dekabr, O‘zbekiston) — O‘zbekiston va Rossiya yengil atletikachisi, nayza uloqtirish bo‘yicha mutaxassis. 1993—2004-yillarda yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari tarkibida ishtirok etgan, Xirosimadagi Osiyo o‘yinlari chempioni, Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan “Yaxshi niyat  o‘yinlari”ning bronza medali sohibasi, Afinadagi yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi.  Rossiyaning xalqaro toifadagi sport ustasi.

Oksana Aleksandrovna Yarigina
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavallud sanasi 24-dekabr 1972-yil (1972-12-24) (52 yosh)
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport yengil atletikachi
Sport mukofotlari
Osiyo o‘yinlari
Oltin Xirosima 1994 nayza
Yaxshi niyat  o‘yinlari
Bronza Sankt-Peterburg 1994 nayza
Osio chempionati
Kumush Manila 1993 nayza

Tarjimai hol

tahrir

Oksana Yarigina 1972-yil 24-dekabrda O‘zbekiston SSRda tug‘iladi.

U murabbiy M.M.Jukov qo‘l ostida yengil atletika bilan shug‘ullana boshladi, keyinchalik u I.V.Gromovga shogirdlikka tushadi. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlaydi[1].

U kattalar o‘rtasidagi xalqaro miqyosdagi ilk jiddiy muvaffaqiyatini 1993-yilgi mavsumda O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy tarkibiga kirib, Maniladagi Osiyo chempionatida nayza uloqtirish bo‘yicha kumush medalga sazovor bo‘ladi.

Yarigina 1994-yilda Xirosimadagi Osiyo o‘yinlarida g‘olib chiqadi va Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan “Yaxshi niyat o‘yinlari”ning bronza medali sovrindori bo‘ladi[2].

1995-yildan beri u Rossiyada yashab, Samara viloyati va Stavropol o‘lkasi sharafini himoya qiladi. Shunday qilib, joriy mavsumda u Moskvadagi Rossiya chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritadi.

1996-yilda Sankt-Peterburgdagi Rossiya chempionatida u yana bronza medalini olishga muvaffaq bo‘ladi.

1999-yilda Krasnodardagi musobaqalarda u nayza uloqtirish bo‘yicha 64,34 metr masofa natija bilan o‘zining shaxsiy rekordini o‘rnatadi.  

2001-yilda Tulada o‘tkazilgan Rossiya chempionatida Oksana mukofotlar ro‘yxatiga yana bir bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.

2002-yilda Yarigina Adlerdagi uzoqqa nayza uloqtirish bo‘yicha Rossiya qishki chempionatida uchinchi va Cheboksaridagi Rossiya yozgi chempionatida ikkinchi bo‘ladi.

2003-yilda u Adlerda uzoqqa nayza uloqtirish bo‘yicha Rossiya qishki chempionatida bronza medalini oladi.

Tuladagi 2004-yilgi Rossiya chempionatida u uchinchi bo‘ladi. Chempionat yakunida u Afinadagi Yozgi Olimpiya o‘yinlarida mamlakat sharafini himoya qilish huquqiga ega bo‘ldi - u bu yerda 57,57 metr masofa natija ko‘rsatib, dastlabki saralash bosqichidan o‘ta olmadi[3][4] .

20052007-yillarda u doping uchun diskvalifikasiya qilingan — sababi uning qonida anabolik steroid metandiyenon borligi aniqlanadi[5].

Manbalar

tahrir
  1. „Ярыгина Оксана Александровна“. Спортивная Россия. Qaraldi: 2020-yil 19-aprel.
  2. Oksana Yarygina - Sports-Reference.com saytida Olimpiya o'yinlari statistikasi
  3. Оксана Ярыгина(ingl.) — страница на сайте Международного олимпийского комитета
  4. Oksana Yarygina - IAAF veb-saytidagi profil (inglizcha)
  5. „Призер чемпионата Европы Валерий Борчин — один из пятнадцати российских легкоатлетов, дисквалифицированных за употребление допинга в прошлом году“. Весь спорт (2006-yil 9-avgust). Qaraldi: 2020-yil 19-aprel.