Stearin kislota, oktadekan kislota, SN3 (SN2)6SOON - alifatik katorning bir asosli toʻyingan karbon kislotasi. Rangsiz kristall modda. Mol. m. 284,47. Suyuqlanish temperaturasi 69,6°, kaynash temperaturasi 376,1°, [13,3 kPa bosimda (100 mm sim. ust.)], zichligi 849 kg/m³ (70°da). Suvda erimaydi, organik erituvchilarda oz eriydi. Stearin kislota tabiatda keng tarqalgan yuqori yogʻ kislotalaridan biri. Stearin kislotaning glitseridlari koʻpchilik yogʻ va moylarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Stearin kislotani stearindan choʻktirish va distillash usulida, olein kislotani gidrogenlab va boshqa usullarda olish mumkin. Stearin kislotaning ishqorli tuzlari — sovun. Stearin kislota organik sintezda, analitik kimyoda, vulkanizatsiyada va rezina tayyorlashda ishlatiladi. Natriy, litiy, kalsiy, qoʻrgʻoshin va boshqa metallarning stearinatlari plastik surkamalar komponenti sifatida, kosmetik moddalar olishda qoʻllanadi.