Olabuta eshakshoʻra (Atriplex L.) — shoʻradoshlarga mansub bir yillik oʻtsimon yoki yarim buta oʻsimliklar turkumi. Oʻzbekistonda O.ning maydagul O. (A. micrantha C.A.Mey.), tatar O.si (A. tatarica L.), yelpigʻichsimon O. (A. flabellum Bgge.) turlari uchraydi. Poyasi tik, shoxlanib oʻsadi, boʻyi 1 m yoki undan ortiq. Barglari bandli, unsimon, kumushrang gʻubor bilan qoplangan, pastdagilari doirasimon shaklda, yuqoridagilari esa uzunchoq — nashtarsimon. Toʻpguli boshoqsimon. Mevasi — tekis yumaloq xaltacha. Urugʻi yasmiqsimon, qora, yaltiroq, kattaligi 1 — 1,5 mm. Iyuldan sentabrgacha gullaydi va meva tugadi. Bir oʻsimlik 100 mingga yaqin urugʻ beradi, toʻkilgan urugʻlari bahorda yana unib chiqadi. Begona oʻt sifatida yoʻl yoqasida, ekin-zorlar orasida va tashlandiq yerlarda oʻsadi.

Atriplex tularensis

Kurash choralari: almashlab ekish, kultivatsiya; urugʻlarni saralab ekish, gerbitsidlardan ekish vaqtida kotoraya, prometrin yoki kotofor qoʻllanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil