Olahamma
Olahamma — mahalliy kechpishar qovun navi. Shakli tuxumsimon, uz. 35— 40 sm, sirti tekis, yaltiroq. Dum tomonida sezilar-sezilmas toʻri bor. Tuyey sariq. Eti qalin (7—8 sm), oq, saqlash davomida mayinlashib, mazasi yanada shirinlashadi. Tarkibida 10,5—12,5% qand, shuningdek, 5,8—8,3% saharoza bor. Urugʻxonasi katta emas. Urugʻlari sariq. Ekilib, unib chiqqandan keyin 110—115 kunda hosili pishadi. Oʻrtacha ogʻirligi 8—17 kg. Hosildorligi 300— 350 s/ga. Yaxshi saqlanadi. Uzoq joylarga olib borishga yarokli. Xorazm viloyati uchun rayonlashtirilgan. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |