Olamiy ruh — neoplatonizm falsafasidagi markaziy tushunchalardan biri. Llatonning koinotni harakatga kelti-ruvchi ibtido boʻlgan Olamiy ruh toʻgʻrisidagi taʼlimotidan kelib chiqqan; ideal (jismeiz) dunyo bilan Olamiy ruh yaratgan hissiy dunyo oraligʻida turadi. Olamiy ruh haqidagi taʼlimot Uygonish davri panpsixizmi (italyan neoplatoniklari, J.Bruno), nemis romantizmi va 19-asr idealistik falsafasi (F.V.Shelling, G.T.Fexner, E.Gartman) tomonidan qabul qilingan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil