Sivalik
(Old Himolay togʻlaridan yoʻnaltirildi)
Sivalik, Old Himolay togʻlari — Himolay togʻlari sistemasidagi nisbatan pastroq tizmalar, Hindiston va Nepal hududida, PirPanjal va Mahabharat tizmalari oraligʻida, keng maʼnoda — Himolay togʻlarining Kashmirdan Tista daryosigacha boʻlgan qismining jan. chekka qismi. Shim.gʻarbdan jan.sharqqa 1700 km masofaga choʻzilgan parallel tizmalardan iborat, eng baland joyi 2591 m. Katta Himolay togʻlaridan vodiylar bilan ajralgan. Qumtosh, konglomeratlardan tuzilgan. Yon bagʻirlari daryolar bilan oʻyilgan. Tropik oʻrmonlar oʻsadi. Choy plantatsiyalari bor.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |