Oldrin Edvin (1930.20.1) — AQSH astronavt-uchuvchisi, Harbiy-Havo Kuchlari polkovnigi. AQSH Harbiy akademiyasini tugatgan (1951). AQSH ning Aeronavtika va kosmik fazoni tadqiq qilish Milliy boshqarmasi astronavtlari guruhiga qabul qilingan. 1966-yil noyabrda „Jemini-12“ kosmik kemasida kosmosga parvoz qilgan; 1969-yil iyulda „Apollon-11“ kosmik kemasida (N. Armstrong va M. Kollinz bilan birga) birinchi marta Oyga tarixiy parvozini amalga oshirgan. „Apollon-1 1“ kosmik kemasining oy boʻlmasida 20-iyulda Oyga qoʻngan va 21-iyulda O. Armstrongdan 20 min. keyin Oy sathiga qadam qoʻygan va 1,5 soat yurgan. Oyning orqa tomonidagi kraterga O. nomi berilgan[1].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil