Oleg (Bashoratchi Oleg, qadimgi ruscha: Ольгъ, Ѡльгъ; 912-yilda vafot etgan) — 879-yildan Novgorod knyazi va 882-yildan buyuk Kiev knyazi.

Oleg Ryurik vafotidan keyin uning kichik oʻgʻli Igorning regenti sifatida Novgorod oʻlkalari ustidan hokimiyatni qoʻlga kiritgandan soʻng, Kievni egallab oladi va poytaxtni oʻsha erga koʻchiradi va shu bilan Sharqiy slavyanlarning ikkita asosiy markazini birlashtirdi. Shuning uchun, koʻpincha Qadimgi Rossiya davlatining asoschisi deb Ryurik emas, balki aynan u eʼlon qilingan.

„Oʻtgan-yillar haqidagi hikoya“[1] qoʻlyozmasida uning laqabi Bashoratchi (oldindan kelajakni biluvchi [2], shuningdek, dono [3] yoki notiq [4]) deb qayd qilingan.

Olegning kelib chiqishi tahrir

Qoʻlyozmalarda Olegning tarjimai holining ikkita versiyasi berilgan: anʼanaviy (Oʻtgan-yillar haqidagi hikoyada) va Novgorod ilk qoʻlyozmasida. Novgorod xronikasida avvalgi xronikalar toʻplamining parchalari saqlanib qolgan („Oʻtgan-yillar haqidagi hikoya“ ham shu asosda yaratilgan), ammo X asr voqealari qoʻlyozmasida noaniqliklar mavjud.

„Oʻtgan-yillar haqidagi hikoya“ ga koʻra, Oleg Ryurikning qarindoshi (qabiladoshi) boʻlgan.

V. N. Tatishev Yoaxim qoʻlyozmasiga murojaat qilgan holda, u oʻzini Efanda deb atagan Ryurikning rafiqasining ukasi yaʼni qaynogʻasi deb hisoblaydi [5]. Olegning aniq kelib chiqishi „Oʻtgan-yillar haqidagi hikoya“da koʻrsatilmagan. Uning shaxsiyati bilan bogʻliq afsonalar, shuningdek, Odda Orvar (Oʻq) haqidagi yarim afsonaviy Skandinaviya dostonida saqlanib qolgan, bu shahzodani Skandinaviyada taniqli boʻlganligidan dalolat beradi.[6]

879-yilda knyazlik sulolasining asoschisi Ryurik vafotidan keyin Oleg Novgorodda Rurikning kichik oʻgʻli Igorning homiysi sifatida hukmronlik qila boshladi .

Ismning kelib chiqishi tahrir

Oleg ismining ruscha talaffuzi skandinaviyalik Xelge ismidan kelib chiqqan boʻlib [7], bu dastlab (proto-shved tilida — Xaylaga) „aziz“, „davolovchi inʼomga ega“ degan maʼnolarni anglatadi [8]. Dostonlardan Helgi ismining VI—IX asrlarga toʻgʻri keladi bir necha tashuvchilari maʼlum.[9]. Skandinaviya tarixchisi E.A.Melnikova uni skandinavcha helgi, heilagr — „muqaddas“, „muqaddas“ soʻzidan kelib chiqqan debxulosa qiladi.[10]

  1. „Povest vremennix let“ \\ „Drevnerusskaya literatura“ v perevode D. S. Lixachyova
  2. Veщiy — proisxodit ot slova „vedayuщiy“, rodstvennie slova „veщun“, „ведьма“. Sm., napr., Slovar M. Fasmera .
    Словарь Даля — Veщiy, komu vsyo vedomo i kto veщaet buduщee; proritsatel, predskazatel; umniy, mudriy, smotrok, predusmotritelniy.
  3. Большой толковый словарь русского языка S. A. Kuznesova — VYeЩIY -aya, -ee. Knijn.: Umudryonniy opitom; znayuщiy; mudriy (kak postoyanniy epitet nekotorix istoricheskix lits, literaturnix personajey: Veщiy Boyan, Veщiy Oleg).
  4. Словарь Ушакова — VYeЩÁT: Govorit torjestvenno, neprerekaemo, vnushitelno (knijn. ustar.).
  5. Татищев В. Н.. История Российская — 113 bet. 
  6. Пчёлов Е. В.. Рюриковичи. История династии — 48—50 bet. 
  7. Sm. etimologicheskiy slovar M. Fasmera, so ssilkoy na V. Tomsena
  8. Per Vikstrand,Pre-Christian Sacral Personal Names in Scandinavia during the Proto-Scandinavian Period. Proceedings of the 23rd International Congress of Onomastic Sciences August 17—22, 2008, York University, Toronto, Canada
  9. Sm. spisok v state Хельге[en]
  10. Melnikova Ye. A. Oleg // Drevnyaya Rus v srednevekovom mire. Ensiklopediya. — M., 2017. — S. 571.