Oleg Vyacheslavovich Nam (1973-yil 26-iyulda Yangier shahrida tugʻilgan) – asli koreys millatiga mansub ukrainalik taekvondochi (beshinchidan[1]), Ukrainada xizmat koʻrsatgan sport murabbiyi.

Oleg Nam
Tavalludi 26-iyul 1973-yil (1973-07-26) (50 yosh)
Kasbi Sport murabbiyi

Biografiyasi tahrir

Oleg Nam 1973-yil 26-iyulda Sirdaryo viloyatining Yangier shahrida tugʻilgan. U yoshligida sportchilik faoliyatini oilada toʻngʻich oʻgʻil sifatida maktabga borib, ukalarini himoya qilish uchun boshlagan, keyinchalik ukalariga mahalliy yer maydonida mahoratini oshirish boʻyicha darslar bera boshlagan. Oleg Namning oʻzi Rudolf Mixaylovich Nam bilan shugʻullangan va uni jang sanʼati asoslarini oʻrgatgan birinchi murabbiyi deb eslaydi.

90-yillarda Oleg Nam oʻz omadini izlash uchun Ukraina poytaxti Kievga koʻchib oʻtgan. Ukrainada hammasini boshidan boshlash qiyin boʻlishiga qaramay, u dars bergan maktabi hozirda mamlakatdagi eng yaxshi maktablardan biri hisoblanadi. 2012-yil oktyabr oyida taekvondo boʻyicha ayollar oʻsmirlar terma jamoasiga[2] bosh murabbiy etib tayinlangan, 2014-yil oxirida esa asosiy jamoani boshqargan. Uning shogirdlari Ukraina, Yevropaning koʻp karra chempioni va jahon chempionati sovrindorlari hisoblanishadi.

Oleg Namning shogirdi Irina Romoldanova[3], Singapurdagi oʻsmirlar Olimpiadasida Ukraina terma jamoasi uchun kumush medalni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan. Mamlakatda sportni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun murabbiy faxriy yorliqlarga sazovor boʻlgan, bu yorliqlarni turli vaqtlarda mamlakat prezidentlari tomonidan shaxsan topshirilgan, xususan L. Kuchma va V. Yanukovich shular jumlasidandur. Shuningdek, Namaning shogirdlaridan biri Tatyana Teterevyatnikova ham xalqaro maydonda Ukraina bayrogʻini baland koʻtargan .

Oleg Nam konkida uchish va peyntbol oʻynashni yaxshi koʻradi. Koʻpincha Ukrainda joylashgan koreys madaniyat markazidagi ijtimoiy ishlarda faol ishtirok etadi. Oleg Nam oilali uning bir nafar oʻgʻli va qizi bor[4].

Manbalar tahrir

  1. „Головна сторінка“. ftu.in.ua. 2017-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-avgust.
  2. „Нам Олег Вячеславович главный тренер“. ktf.kiev.ua. 2019-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-mart.
  3. „Українка Ромолданова вперше за 10 років виграла для країни "золото" з тхеквондо“ (uk). www.unian.ua. 2019-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-mart.
  4. „Олег Нам“. koredo.ru. 2017-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-avgust.