Olga Albizu Rosaly (1924-yil 31-may2005-yil 30-iyul) – Puerto-Rikoning Ponce shahrida tugʻilgan abstrakt ekspressionist rassom. Albizu Rosaly Puerto-Rikoda abstraktsiya yoʻnalishida ijod qilgan birinchi ayol edi[1][2].

Olga Albizu Rosaly
Tavalludi 31-may 1924-yil
Ponce, Puerto-Riko
Vafoti 30-iyul 2005-yil(2005-07-30)
(81 yoshda)
Nyu-York
Millati Puertorikan
Oqim Abstrakt ekspressionizm
Homiylari Stan Getz
Mukofotlari Ateneo Puertorriqueño mukofoti

Hayoti

tahrir

Olga Albizu Rosaly badavlat oilada tugʻilgan va Puerto-Rikoda oʻsgan. Puerto-Rikoda 1943-yildan 1947-yilgacha ispan rassomi Esteban Visente bilan rasm chizishni oʻrgangan[3][4]. 1946-yilda Puerto-Riko universitetida bakalavr darajasini olgan. 1948-yilda u Nyu-York shahriga koʻchib oʻtadi va sanʼat talabalari ligasida aspirantura bosqichida tahsil ola boshlaydi[5]. U yerda Morris Kantor, Karl Holti va Vatslav Vitlatsil qoʻl ostida tahsil oldi[6]. U Hans Hofman bilan ham oʻqigan va keyinchalik uning shogirdi boʻlgan. Shundan soʻng u Yevropada Parijdagi Grande Chaumière akademiyasida va Florensiyadagi Belle Arti akademiyasida qoʻshimcha tahsil oldi. Keyinchalik, u [[|Vincent van Gogh|Van Gog]] va Paul Cézanne kabi rassomlar oʻzidan oldin qilganidek, Provansda bir yil rasm chizdi. 1953-yilda u Nyu-Yorkka qaytib keldi[7].

1957-yilda Albizu zamonaviy Puerto-Riko rassomlarining birinchi keng qamrovli koʻrgazmasida qatnashdi[8]. Albizuning rasmlari 1966-yil 16-iyun kuni Panamerika Ittifoqi koʻrgazmasida namoyish etilgan[9]. Albizu sur’atlari Puerto-Riko, Isroil va AQShda keng koʻlamda namoyish etilgan.

Uning asarlari turli albomlarning muqovalarida, jumladan Stan Getzning bir qator albomlarida ishlatilgan. Alibizuning ishlari 2013-yilda Smitson Amerika sanʼat muzeyining „Bizning Amerika: Amerika sanʼatida latino mavjudligi“ koʻrgazmasiga kiritilgan va uning „Radiante“ (1967) toʻplamning bir qismi 2017-yilda muzeyga kirishda bir nechta yangi bannerlarda ishlatilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • Fay Fowlie de Flores. Ponce, Perla del Sur: Una Bibliográfica Anotada. Second Edition. 1997. Ponce, Puerto Rico: Universidad de Puerto Rico en Ponce. p. 56. Item 286. Andoza:LCCN
  • Carmen Teresa Ruiz de Fischler. "Olaga Albizu, Myrna Baez y Luisa Geigel: tres mujeres pioneras en las artes plásticas." Proyecto de recopilación de datos sobre las artes plásticas en Puerto Rico. Homines. Issue 10 (1986-1987) pp. 366–384.

Manbalar

tahrir
  1. Fay Fowlie de Flores. Ponce, Perla del Sur: Una Bibliográfica Anotada. Second Edition. 1997. Ponce, Puerto Rico: Universidad de Puerto Rico en Ponce. p. 56. Item 286. Andoza:LCCN
  2. „What I've learned: Belinda Tate, executive director of the Kalamazoo Institute of Arts“ (en). Christie's (2020-yil 5-mart). 2022-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-oktyabr.
  3. McEwen, Abigail (2015-06-01). "Olga Albizu and the Borders of Abstraction". American Art 29 (2): 86–111. doi:10.1086/683353. ISSN 1073-9300. https://www.jstor.org/stable/10.1086/683353. 
  4. McCann, Bryan Daniel (2019). "João Gilberto and Stan Getz's Getz/Gilberto". Bloomsbury Academic (EBSCO Publishing). 
  5. Cole, Thomas B. (6 January 2015). "Radiante: Olga Albizu". JAMA 313 (1): 10–11. doi:10.1001/jama.2014.11499. ISSN 0098-7484. PMID 25562249. https://doi.org/10.1001/jama.2014.11499. 
  6. „Olga Albizu“. Museo de Arte de Puerto Rico. 2022-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-mart.
  7. „Olga Albizu“ (en-US). Biaggi Faure. 2022-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-oktyabr.
  8. Flecha Vega, Raquel (2023). "Olga Albizu's Lyrical Abstraction and the Borders of the Canvas". Arts 12 (20): 20. doi:10.3390/arts12010020. 
  9. "Art from Puerto Rico". Americas 18 (7): 40. July 1966. https://archive.org/details/sim_americas_1966-07_18_7/page/40. 

Havolalar

tahrir