Olga Bordashevskaya
Olga Fedorovna Bardashevskaya (Qizlik familyasi Kiss; 1919-yil, Odessa, Ukraina SSR, SSSR – 2002-yil 29-mart, Odessa, Ukraina) – Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, mergan ayol.
Biografiyasi
tahrir1919-yilda Odessada tugʻilgan[1].
Ulugʻ Vatan urushigacha Odessada yashagan, pedagogika institutida taʼlim olgan, shu yerda oʻqchilar toʻgaragida qatnashgan, VLKSM aʼzosiga aylangan. Urush boshlanishi bilan koʻngilli ravishda frontga joʻnab ketgan, gospitalda hamshira boʻlib ishlagan, maxsus kurslarni tugatgan. Gospitaldagi hamshiralar snayperlar maktabiga qabul qilinayotgani haqidagi mish-mishlarni eshitgach, Olga gospital boshligʻiga murojaat qilib, ushbu maktabga yuborishni soʻragan. Moskva yaqinidagi Podolsk shahridagi snayperlar maktabidagi mashgʻulotlar tezlashtirilgan dastur boʻyicha oʻtkazilgan va Bardashevskaya uni aʼlo darajada tugatgan: bitiruvchilar orasida faqat unga VLKSM Markaziy qoʻmitasi tomonidan[2] shaxsiy qurol – Olganing oʻzi „Ivan Ivanovich“ deb atagan 7935 raqamli AI miltigʻi topshirilgan[3].
1943-yil dekabrdan boshlab Bardashevskaya harakatdagi armiyada xizmat qila boshlagan. 730-oʻqchi polkining 1-oʻqchi bataloni 1-oʻqchi rotasining snayperi (204-oʻqchi diviziya, 51-armiya) boʻlib xizmat qilgan. Urush yillarida katta serjant O. F. Bardashevskaya 108 ta dushman askarlari va zobitlari yer tishlatgan[3].
Urushdan soʻng Olga Bardashevskaya Odessaga qaytib kelgan, unga 2-guruh nogironligi belgilangan, ammo u ishlashni va jamoat ishlari bilan shugʻullanishni davom ettirgan. KPSS aʼzosi sifatida Olga keyinchalik Sovet Tinchlikni himoya qilish qoʻmitasining mas’ul kotibi boʻlgan[3]. 2002-yil 29-martda vafot etgan[4].
O. F. Bardashevskaya 3- va 2-darajali Shuhrat ordenlari, shuningdek, „Jasorati uchun“ medali bilan taqdirlangan[5].
Manbalar
tahrir- ↑ „Бордашевская Ольга Федоровна на pamyat-naroda.ru“. 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
- ↑ Sredi nagrajdyonnix imennimi snayperskimi vintovkami boysov RKKA bili jenщini-snayperi: N. P. Petrova, O. F. Bordashevskaya, А. Н. Шляхова, Л. Г. Панова, З. Я. Аршавская. (Ye. N. Nikiforova. Rojdyonnaya voynoy. A. V. Morozov. Neytralnaya polosa. M., „Molodaya gvardiya“, 1985.)
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Бордашевская (Кисс) Ольга Фёдоровна“. 2020-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-noyabr.
- ↑ Smirnov V. A. Rekviem XX veka. V 5-ti chastyax s epilogom. Ch. 3. Izdanie vtoroe, dopolnennoe i ispravlennoe/ V. A. Smirnov. Odessa: Astroprint, 2016, 920 s.
- ↑ „Бардашевская Ольга Федоровна − награды“. 2020-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-noyabr.