Oliguriya (yunoncha oligos — kichik va Ouron — siydik) — buyraklar tomonidan ajratilgan siydik miqdorining kamayishi(sutkalik diurez miqdorining 500-300 mldan yoki <0,5ml/kg/soatdan kam boʻlishi) - fiziologik (suyuqlik ichish rejimi cheklanganda, issiq havoda ter bilan suyuqlik yoʻqolishi bilan) va patologik (uzoq davom etgan qusish va diareya, yuqori isitma, qon ketishi, oʻtkir glomerulonefrit, shishlar paydo boʻlishi,kuyishlar) boʻlishi mumkin. Oliguriyani davolash uni keltirib chiqaradigan asosiy kasallikni (masalan, nefrit, yurak dekompensatsiyasi va boshqalar) bartaraf qilishga qaratiladi. Oliguriyadan siydik ajratishdagi har xil buzilishlarni, buyraklar va siydik pufagidan siydik ajralishini mexanik yoki neyro-reflektor sabablarga koʻra ushlanib qolishini (prostata bezi gipertrofiyasi, siydik yoʻlining bukilib qolishi) qatʻiy ajratish kerak.

Oliguriya quyidagi turlarga boʻlinadi:

  • renal (buyrak travmasi, buyrak arteriyalarining trombozi va emboliyasi, nefrit, zaharli moddalar bilan zaharlanish);
  • ekstra renal ( qon bosimining pasayishi bilan, buyrakning ishemik shikastlanishi, oʻtkir buyrak yetishmovchiligi )[1].

Davolash

tahrir

Oliguriyani davolashda umumiy qabul qilingan davolash tamoyillariga amal qilinadi: yuzaga kelishi mumkin boʻlgan omilni olib tashlash, gomeostazni tiklash, asoratlarni kompensatsiya qilish[1].

  1. 1,0 1,1 „ОЛИГУРИЯ — Большая Медицинская Энциклопедия“. xn--90aw5c.xn--c1avg. 2019-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-avgust.